— Nima deb o‘ylaysan? Xitoyliklar tinchliksevar xalqmi?
— Esing joyidami? Otib tashlashadi hammani! Miltiqda nishonga olish uchun ko‘zlarini yumib, tayyor bo‘lib turishibdi-ku!
— Yaqinda internetda o‘qidim. Bitta millioner hamma boyligini yoshligida sevgan qiziga vasiyat qilibdi.
— Nima uchun? Axir u ayol unga turmushga chiqmagan-ku?
— Shuning uchun ham unga minnatdorlik bildirgan-da...
Yangi tanishuv xizmati ochilibdi.
— Allo, yaxshi qiz, siz bilan tanishsak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. O‘zingizni tariflab bering.
— Men past bo‘yli, to‘lachadan kelgan, soch-soqoli o‘sgan...
— Alish, sanmisan?!
— Azizim, meni sevasizmi?
— Sevaman!
— Gapingiz rost bo‘lsa, chekishni tashlang...
— Tashlayman!
— Ichishni ham tashlaysiz-a?
— Ha!
— Maoshingizni menga olib kelib berasizmi?
— Beraman maoshimni hammasini!
— Voy, meni deb joningizdan ham voz kechishga tayyormisiz?
— Tayyorman! Nima qilaman bunaqa hayotni?!
Bir o‘zbek xorijga mehmonga borsa, undan so‘rashibdi:
— Sizlarda ko‘proq nima iste’mol qilishadi?
— Somsa.
— Nima o‘zi u?
— Xamir ichida go‘sht solinadi.
— Yana nima yeyishadi?
— Chuchvara.
— U nima?
— Xamir ichiga go‘sht solinadi.
Xorijliklar hayratlanib:
— Bundan tashqari yana nima taomlar sevib iste’mol qilinadi?
— Manti, xonim, ...
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelayotishsa, ulardan bittasi to‘satdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob beribdi:
— O‘zingizni bosing! Sizga yordam beramiz! Avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib bo‘ldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng ov miltig‘ining gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga:
— O‘lganligi aniq. Tekshirdim. Xo‘sh, endi nima qilay?
Ertalab bog‘chaga otlangan qizaloq adasidan so‘ramoqda:
— Ada, bog‘chaga nimada boramiz?
— Piyoda.
— Ada, piyo qachon keladi?
Bir kishiga savol berishibdi:
— Kim ko‘proq hayotidan mamnun bo‘lib yashaydi? To‘rtta bolasi bor odammi yoki to‘rt million puli borimi?
— To‘rtta bolasi bor odam-da! Chunki, to‘rt millioni bor odam yana ko‘proq pul xohlayveradi...
Bir chiroyli qiz do‘kon aylanib yurib, sotuvchidan so‘rabdi:
— Anavi gulli, bejirimgina ko‘ringan narsa nima?
— Bu antiqa sovg‘a. "Yagona sevgilimga" degan yozuvi ham bor.
— Shundan menga olti dona berib yuboring!
Boshliq yangi hisobchini ishga olmoqchi bo‘lib, nomzodlarni suhbatga chaqiribdi:
— Ikki karra ikki nechi bo‘ladi?, - deb savol beribdi. Hammadan "to‘rt" degan javob chiqibdi. Faqatgina bitta nomzod javob bermabdi. Yolg‘iz qolishgach, boyagi indamay o‘tirgan nomzod boshliqqa yaqin kelib:
— Nechi bo‘lsin xo‘jayin? Qancha qilib beray?, - degan ekan, boshliq o‘sha nomzodni ishga olibdi.