Boy xizmatkori bilan sayohatga chiqishibdi.\nKech kirib, bir joyda to‘xtashibdi-da, tunash uchun chodir tikishibdi. So‘ng shu chodirga kirib uxlab qolishibdi. Tongga yaqin xizmatkor o‘yg‘onib, yotgan joyida xo‘jayniga shunday debdi:
— Anavi osmonda ko‘rinib turgan yulduzlar nimani anglatadi?
Boy:
— Shuni ham bilmaysanmi nodon!? Kun issiq, havo ochiq bo‘lishini anglatadi, - desa, xizmatkor:
— Balki chodirimizni o‘g‘rilab ketganini bildirar...?! – degan ekan.
Bir kuni afandi do‘sti bilan gaplashib qolibdi:
— Bilasanmi do‘stim, eng katta baliq qaysi?
— Kit, - debdi afandi.
— O‘sha kitdan to‘rttasini ovlaganman, - deb maqtanibdi do‘sti.
Biroz turib yana:
— Eng katta ayiq qaysi? – so‘rabdi do‘sti.
— Oq ayiq, - javob beribdi afandi.
— Oq ayiqdanam to‘rttasini otganman, - debdi do‘sti.
Jahli chiqqan afandi “Shoshmay tur” deb:
— O‘lik dengizni bilasanmi do‘stim? O‘sha dengizni men o‘ldirganman, - degan ekan.
Bir kishining kasbi duradgor ekan. Xotini uyda yo‘qligida bolalariga ertak aytib bermoqchi bo‘libdi.
— O‘tgan zamonda bir mamlakat shahzodasi boshqa podshohlikning malikasini sevib qolibdi.
Malikaga xat yozib, kabutardan jo‘natibdi. Uch kecha-yu, uch kunduz uxlamasdan, malikadan xat kutibdi. Vanihoyat, kabutar uchib kelibdi.
— Keyin nima bo‘pti ada? – so‘rabdi qizi.
— Qarasa, oyog‘iga xat bog‘langan. Malika javob yozibdi, deb o‘ylab, shoshib-pishib xatni ochib qarasa...
— Nima yozilgan ekan xatda? – yana qiziqib so‘rabdi qizi.
— U yerda “Qilich va qalqonlarga buyurtma olamiz. Arzon narxlarda”, - degan reklama turganmish.
Bir yilda tug‘ilganlar “Tengdosh” deyilsa, bir kunda tug‘ilganlar “Kundosh” deb atalar ekan.
Ikkita kelin qaynonasi mehmonga ketganidan foydalanib, tuni bilan gaplashib chiqishibdi.
Yarim tunda soat 3:00larda kelinlardan biri:
— Endi uylarimizga kirib yotaqolaylik. Bu dunyoda bizdan boshqa yaxshi odam qolmadi shekilli, - debdi.
Ayrim ayollar ertalab oshxonaga chiqganlarida u yerda erini ko‘rishsa, "Tinchlikmi?" deb so‘rashadi...
Ikki aka-uka yo‘lda ketayotib, olma daraxtiga ko‘zi tushibdi. Qarasa daraxtda bir dona olma qolgan ekan. Aka olmani ukasidan oldin olaman deb shoshib daraxtga chiqib borayotsa, olma pastga tushib ketibdi. Ukasi olmani olib yeb qo‘yibdi.
— Akasi daraxtdan tushib, ukasiga
— Ko‘rdingmi, men bilan yursang olma yeysan, - dermish.
— Singlingni o‘z qo‘lingda ishlaydigan kassir yigitga turmushga berganing rosmi?
— Ha, rost. Singlim meni kassirimga turmushga chiqdi.
— Nega axir?! Sen kassir yigitni "qo‘li egri" deb yoqtirmas eding-ku?
— Tinchlan! Endi u ishxonadan o‘g‘rilagan hamma pullar singlimni qo‘liga kelib tushadi.
Bir kuni homilador ayol mashinaga minibdi. Tushayotib "Qancha bo‘ldi?" deb so‘rasa:
— 6 ming, - debdi haydovchi.
— Nimaga? - desa haydovchi:
— Siz ikki kishisiz, - debdi.
6 ming berib ketayotgan ayol nariroqqa borib, "egizak ekanini bilmadi, yaxshiyam. Bo‘lmasa 9 ming bo‘lardi" dermish o‘ziga-o‘zi.
Bemorga vrach dori yozib beribdi-da, debdi:
— Bu dorilarni bir oy ichasiz. O‘ttiz kundan keyin ichib bo‘lgach yana ko‘rishamiz.
Bemor uyga borgach:
— To‘xta! Bu oy 31 kun-ku axir!!! - dermish boshi qotib!