Juma kuni kechqurun xotin eriga:
— Adasi, keling shu dam olish kunlari mazza qilib dam olaylik...
Eri xursand bo‘lib xotiniga:
— Bo‘pti xotin, dushanba kuni ko‘rishguncha unda! - degan ekan.
Dugonalar suhbatlashmoqda:
— Bir yigit bilan tanishgan edi. U menga yoqmadi. Qanday qilib undan qutulsam ekan?
— Odatda bunday holatlarda men o‘sha yigitdan qarz so‘rab turaman. Qarabsan-ki, osongina qutulasan.
Bu yil yozda toming qayerlargadir ketdi. Sen bo‘lsa hattoki chorvoqqa ham chiqib kelmading...
Jurnalist chekka bir qishloqda yashovchi odamdan intervyu olmoqda:
— Sizning qishlog‘ingizda qanday mashhur, taniqli shaxslar dunyoga kelgan?
— Yo‘q, bizni qishloqda faqat chaqaloqlar dunyoga kelishadi-ku!?
Bir yosh yigit xilvat ko‘chada odamlarni tunab, o‘g‘rilik qilib yursa, keksa otaxon kelib:
— O‘g‘lim, bu nima qilganing?! Otang shu yurishingni bilsa nima qiladi?! - debdi.
Shunda yigit ikkilanmay javob beribdi:
— Otam meni o‘ldiradi! Chunki bu uning hududi!!!
— Odamlar vaqtincha ablah bo‘lishi mumkinmi?
— Ha! Agar so‘ralgan pulni soat 17:00da olib borishing kerak bo‘lsa-yu, sen uni 17:30 da olib borsang, demak sen yarim soatga ablah bo‘lib turasan.
— Uyalmaysanmi? Nega uyda bitta ishtonda yuribsan?
— Ikkita ishtonda isib ketyapman-da!
Afandidan so‘radilar:
— Dunyoda nimaning terisi qalin?
— Timsoh, fil, tuyaning terisi.
— Ulardan ham qalinrog‘i bormi?
— Bor: chayqovchi, dangasa va xushomadgo‘ylarning terisi ularnikidan ham qalinroq.
Sudya:
— O‘rtoq Tursunov, qo‘limdagi shikoyatda aytilishicha, siz qo‘shningizni eshak bilan tenglashtirgan emishsiz.
Tursunov:
— O‘rtoq sudya, ulardan qaysi biri shikoyat qildi?
Urush davrida bizni o‘rmonga olib borib tashlashdi.
Birinchi kuni biz nemislarni quvdik. Ikkinchi kuni nemislar bizni quvdi. Uchinchi kuni o‘rmon egasi hammamizni quvib yubordi.