Bir qizaloq ko‘zguning oldida ko‘zini yumib turganmish.
Onasi kelib:
— Nima qilib turibsan? – desa, qizi:
— Qanday uxlashimni tomosha qilyapman, - debdi.
Ofis farroshi erta tongdan ishga kelsa, hamma xodimlar kelib bo‘lishgan ekan. Ular xonadagi jihozlarni joyini almashtirar, shkaf va stollarni u yoqdan, bu yoqqa surar ekanlar. Farrosh hayron bo‘lib:
— Nima qilyapsizlar? – desa, xodimlar:
— Xolajon, biz doim shunaqa qilamiz. Firmamiz ishlari yurishmay qolsa buyum va jihozlarni joyini almashtiramiz. Shunda savdo ham yurishib ketadi, - deyishibdi.
Shunda farrosh:
— Eh... Myen bu yerda ancha yildan beri ishlayman. Boshliq savdo pasayib, ishlar yurishmay qolganidan xabar topgan zahoti mebellarni emas, xodimlarni almashtiradi, - dermish.
— Televizor hech qachon gazetaning o‘rnini bosa olmaydi.
— Nimaga endi bosa olmas ekan?
— Mana misol uchun, sen televizorni yuzingga bosib uxlay olasanmi?
Ikkita sport shinavandasi suhbatlashmoqda:
— Mak Gregor Xabibni tepganini ko‘rdingmi?
— Ha. U Xabibni tepib, pastga tushirib yubormoqchi edi.
— Nega tushirib yuboradi? Axir jang tepada bo‘layotgan edi-ku!?
— Pastda Mak Gregorni muxlislari Xabibni kutib turishgan edi-da…
Damaschilar kameradan qoʻrqqanchalik birovni haqqidan qoʻrqqanlarida edi, kechki payt yoʻl kira haqqini 2 barobar oshirib yubormas edilar.
Bir odam doktorni yoniga kelib shikoyat qilibdi:
— Doktor, judayam ko‘p yo‘talyapman. Nima qilay? Yordam bering!
Doktor bemordan so‘rabdi:
— Sigaret chekasizmi?
Bemor:
— Ha, chekaman.
— Qanaqasidan chekasiz? – savol beribdi doktor.
— Har xilidan.
— Bir xilidan chekish kerak!
— Ha endi, har doim bir odamni ketidan yura olmayman-ku! – degan ekan bemor.
Yigit va qiz suhbatidan:
Yigit:
— Nega xafasan? Senga yozmayotganim uchun-mi? Istasang, har kuni yozaman...
Qiz:
— Konspektlarimni yozib bera olmaysizmi?!
Bir kuni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga kelgan komissiya u yerdagi kamchiliklarni koʻrib, “Bu yer huddi jinnixonani oʻzi!” degan ekan.
Ikkita yigit shiftdagi chiroqqa lampochka o‘rnatmoqchi bo‘lishibdi. Qo‘li yetmagach, biri ikkinchisini yelkasiga chiqibdi. Ancha vaqtdan keyin pastda ko‘tarib turgan yigit yelkasidagi do‘stiga:
— O‘rnatib bo‘ldimi? – desa,
— Sen aylanmasang, qanday qilib o‘rnataman? – dermish.