Hamma narsaga yuzaki qarashni o‘rgan!
Yana-yam ma’suliyatsizlik bilan qara, yana-yam...
His qilyapsanmi? Befarqlik iforini isi kelmoqda...
Bir kuni ayol bozordan tort sotib olibdi. Kechqurun uyida tortni kesaman desa, hech pichog‘i o‘tmasmish.
Kremlarini olib tashlab qarasa, tort orasiga Samarqandni tandirida yopilgan nonni qo‘yishgan ekan.
Onasi qiziga debdi:
— Qizim, seni yaxshi tarbiyaladik, konservatoriyada o‘qitdik! Nimaga shu taksi haydovchisiga tegmoqchi bo‘lyapsan?
— Chunki ular hurrakni lya minorda otadilarda shunga.
O‘qituvchi sinfda:
— Sarvar, yana to‘polon qilyapsanmi?
— Hamma to‘polon qilyapti-ku?
— Bugundan boshlab umuman ovozing chiqmasin!, - degan o‘qituvchi ertasiga Sarvarni doskaga chiqarib savol bersa:
— Men umuman gapirmayman-ku ustoz, - dermish o‘quvchi.
Avtotest bitiruvchisi, chiroyli bir qiz kasalxonada:
— Ayting-chi doktor, ahvoli qalay?
— Juda yomon. Yuragi infarkt bo‘lgan. Qo‘l va oyoqlari singan. Agar gapingiz bo‘lsa, ayting! Men yetkazib qo‘yaman.
— Unda so‘rangchi, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tibmanmi?
Eh qanday zamonda yashayapmiz...
Ayollarni yuzida yarim kilo atir-upa bo‘lsa ham hech kim indamaydi. Lekin erkakning yuzida ozgina lab bo‘yog‘i ko‘rib qolishsa, ... qiyomat bo‘ladi-ya!
— Chiroyli bir qiz bilan tanishmoqchi edim. Endi gap boshlashimni bilaman, o‘zidan-o‘zi baqira ketdi:
— "Yo‘qol! Bu ayollar hojatxonasi!!!".
Bir kuni afandi ko‘chada ketayotsa, yo‘l chetida hamyon yotganmish. Hamyonni olib uch martta "kimniki?" debdi. Ichini ochib qarasa, anchagina pul bor ekan. Pullarni olib, cho‘ntagiga solsa, hamyonda ko‘zguyam borakan. Unga qarab, o‘z aksini ko‘ribdi-da:
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.
Bir kuni baliq cho‘milishga boribdi, ammo sochiq yodidan ko‘tarilibdi...
Bir taksist qorong‘ida uyiga qaytayotsa, bir kampir to‘xtatib:
— O‘g‘lim meni qabristonga oborib qo‘y, - desa
Taksist o‘ziga o‘zi:
— Bu arvohmi yoki odammi?
Yo‘q yo‘lim boshqa tomonga deb ketibdi. Ozgina yurib qarasa, kampir yonida yugurib ketayotganmish. Tezrok haydab ko‘rsa, tengma-teng ketayotganmush. Taksist bu arvoh avariya qilib mendan alamini olmoqchi deb, mashinani to‘xtatib, eshiklarini qulflab, ko‘zini yumib o‘tirsa.
Bir payt o‘zini ozgina rostlagan kampir oynani taqillatib:
— Eshigingni och ko‘ylagimni eshiging qisib qoldi, - dermish.