Ona-bola pashshalar devorda o‘tirsa, ona pashsha bolasiga debdi:
— Sen hadeb odamlar gavjum stolga borib ovqatlanaverma! Bir chekkada qoldiqlarni yegin!
Pashsha bolasi:
— Kecha odamlar ko‘p joyda uchib yurgandim, rossa meni orqamdan qarsak chalib, qo‘llarini silkitishdi. Menga yoqdi. Bugun ham bormoqchiman, oyijon... – debdi.