Bir yolg‘iz qariya avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, orqasidan GAI mashinasi quvlay boshlabdi. Chol tezlikni yanada oshirib, ulardan qochishga urinibdi. Oxiri qarasa, qochib ketishning iloji yo‘q! Avtomobilini to‘xtatib, tushibdi. Cholning yoniga GAI xodimlari kelib:
— Nega bizdan qochishga urindingiz otaxon?, - deyishsa, qariya o‘ylab ham o‘tirmay:
— Bir necha yillar ilgari xotinim meni tashlab, GAIda ishlaydigan erkak bilan qochib ketgan edi. Sizlarni ko‘rib, menga xotinimni qaytarib berishmoqchi deb o‘ylabman!, - dermish.