Bir boyning kambag‘al qo‘shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag‘al qo‘shnisini devoridan mo‘ralasa, kambag‘al ko‘zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag‘al qo‘shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o‘tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko‘rgan boy yugurib chiqib qo‘shnisiga:
— Shu ko‘zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag‘al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko‘zani unga beribdi.
Boy xursand bo‘lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko‘zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo‘q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.