Yoqilg‘i quyish shahobchasiga yengil mashina to‘xtab, ichidan bir olifta ayol tushib, kassaga pulini to‘lab, kelib qarasa, mashinani eshigi qulflanib qolibdi. Kalit esa mashinani ichida qolib ketgan ekan. Shu yerda ishlaydigan yigit ayolni qo‘liga sim berib, oynasini tirqishidan tiqib, eshikni ochishi mumkinligini aytibdi. Bir payt qaytib kelib qarasa, boshqa bir mashina egasi, erkak kishi qotib kulayotganmish. Sababini so‘rasa, haligi erkak:
— Anavi ayol mashinasini oynasidan sim tiqyapti, eshikini ochaman deb, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Eshigi berkilib qolgan ekan, men aytdim. Shu kulgilimi? - desa, erkak yana kulib:
— Mashinani ichida dugonasi bor ekan, simni qaysi tomonga tiqishni ko‘rsatyapti, - dermish.