Afandi haqida latifalar

Afandi eshagini bir qarindoshinikiga olib borib :
— Siznikida biroz muddat turib tursin, - debdi.
Vaqt o‘tib afandi qaytib kelsa, eshagi ozib ketgan ekan.
Qarindoshiga:
— Nima berib boqdingiz buni? – desa, u odam:
— Hali ovqat berish ham kerakmidi?! – dermish.
Bir kuni afandi eshagini ustiga og‘ir yuk qo‘yib ketayotsa, eshagiga rahmi kelibdi.
Keyin yukni o‘zini yelkasiga ilib, o‘zi eshakni ustiga o‘tirib ketgan ekan.
Bir kuni afandi to‘yga boribdi.
Qaytishda to‘y egalari kazo-kazolarga chiroyli to‘nlar kiydirishibdi. Afandiga esa eshakni po‘stinini beribdi.
Shunda afandi hammaga eshittirib debdi:
— Ko‘rdingizmi, sizlarga to‘n kiydirishdi. Menga esa o‘zlarini kiyimlaridan had qilishdi!
Afandi shoshilib bankka kelib debdi:
— Kredit olmoqchiman!
Bank xodimi:
— Nima maqsadda kredit olasiz? - debdi.
Afandi:
— Latifalarimga klip olmoqchiman! - degan ekan.
Bir kuni afandi uyida o‘tirsa, yonidagi xonadan shovqin eshitilibdi. Afandi miltig‘ini olib xonaga kirsa, burchakda qop-qora narsa turganmish. Miltiq bilan "paq" etib otibdi. Qarasa, o‘zini choponi devordagi mixda ilinib turgan ekan.
Shunda afandi "E hayriyat-yey, yaxshiyam ichida o‘zim yo‘q ekanman", - debdi.