Ayollar haqida latifalar

Folbinga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu folbinmi? Chorshanba kuniga yozib qo‘ya olasizmi? Qabulingizga bormoqchi edim.
— Buni iloji yo‘q, - debdi folbin.
— Nima uchun?
— Chunki siz seshanba kuni oyog‘ingizni sindirib olasiz!
Dadasi meni sevasizmi?
— Pulim yo‘q.
— Men ko‘ngil uchun so‘rayabman, siz esa darrov boshqacha tushinasiz.
— Ha, sevaman, jonimdan ortiq.
— Bo‘ldi endi qizig‘i yo‘q puliz bo‘masa.
Jyda xavotirlanyapman erim ishdan bunchalik kech qaytmacdi. Yoki birorta xushtor orttirdimikin?
— Nega yomon hayolga boraciz, balki mashina bocib ketgandir?
Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!
Qizi otasiga gapiryapti:
— Ertaga bo‘lajak kuyov bola keladi va meni qo‘limni so‘raydi. Siz uni oyog‘iga yiqilib, qo‘llarini o‘pib “Bizni haloskorimizsiz” - demasdan, oddiygina “Men roziman” deng.
Donishmandlarni aytishiga qaraganda ayollarni makri qirqta eshakga yuk bo‘lib qolgani xurjin bo‘lar ekan.
— Oyi dadamni rasmlari bormi? - deb so‘rabdi 1-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li.
— Ha, bor. Nima qilasan?
— Maktabga oboraman, ustozimiz uy vazifasini tayyorlab bergan ahmoqni bir ko‘rmoqchiman dedilar.
"Hamma erkaklar bir xil" degan gapni xitoylik ayol o‘ylab topgani aniq!
Chunki u ayol olomon ichida erini yo‘qotib qo‘ygan edi-da...
Uyga qaytgan er oshxonada idish yuvayotgan xotiniga qarab:
— Bu uyda kim xo‘jayin?, - deb baqiribdi.
Qo‘lidagi tova bilan erini boshiga urib: — siz-da adasi, - debdi xotini.
Shu payt qo‘shni ayol kirib kelib qarasa, er burchakda hushsiz yotganmish.
— Voy, eringiz nega bu yerda yotibdi?!, - desa,
— Uyning xo‘jayini qayerda xohlasa, o‘sha yerda yotaveradi, - debdi xotini.
— Meni sevasizmi, azizim?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Men uchun qurbon bo‘lishgayam rozimisiz?
Yigit:
— Yo‘g‘eye! Mening sevgim abadiy!