Ayollar haqida latifalar

Uchta yigit parkda borardi. Oldinda esa bir chiroyli qiz mini yubkada ketayotgan edi. Orqadagi yigitlardan biri:
— Agar shu qiz bir kecha men bilan bo‘lsa, 50 000 berardim, - desa
Ikkinchi yigit:
— Nima deyapsan? Men 100 000 berardim, - debdi.
Shunda uchinchi yigit:
— Yo‘q, bunaqa chiroyli qizni kiyintirish, restoranga olib borish kerak, mashina olib berish kerak, - desa
Qiz orqasiga burilib:
— Uchinchi bo‘lib gapirganlaringiz qaysi biringiz?, - dermish.
— Azizim, 8 martga senga nima sovg‘a qilay?
— Hmm, bilmaasam...
— Unday bo‘lsa, o‘ylashinga yana bir yil muhlat beraman.
Bir kuni Afandi uch-to‘rtta o‘rtog‘ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o‘rgilsin palov qilgin» dedi.
— Voy, qiziqmisiz? Axir uyimizda na guruch bor, na go‘sht, na yog‘ bor. Nima bor, nima yo‘qligini surushtirmay-netmay, mehmon boshlab kelaverasizmi?!
— Xo‘p-xo‘p xotin, sal o‘pkangni bosib ol. Hech bo‘lmasa, dasturxonga bo‘sh laganni olib chiqib qo‘ygin, o‘zim gapning kiftini keltiraman.
Xotini ham eri aytganday qilib, bo‘sh laganni dasturxonga olib chiqib qo‘ydi.
— Og‘aynilar,— dedi Afandi,— Agar uyimizda guruch, yog‘, go‘sht bo‘lganida edi, hozir shu bo‘sh laganda bug‘i chiqib turgan palov bo‘lardi...
Bir ayol hikoya qilibdi:
— Kecha erim yana ichib, juda kech keldi. Indamay yotaverdim. 10 minut shitir-shitir qildi.
Oxiri chidolmay gapirvordi: "Hech bo‘lmasa javrab qo‘ysang-chi, yotoqxona eshigini topolmayapman!".
Onasi 3 yoshli qizchasiga dedi:
— Qizim, xonang buncha tartibsiz? Qo‘g‘irchoqlaring burchaklarda ag‘darilib yotibdi, idish tovoqlar har yerga sochilib ketgan...
Qizi debdi:
— Oyijon, biz kecha "to‘y-to‘y" o‘ynaganmiz. Qo‘g‘irchoqlarim mast bo‘lib qolishgan, peshinda o‘ziga kelishadi.
Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Obbo, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a?!
Ikki uy bekasi suhbatidan:
— Dugonajon men piyoz to‘g‘raganda ko‘zni achishtirmaydigan yo‘lini topdim!
— Voy, rostanmi?!
— Menga ham o‘rgat?! Qanaqa qilib?!
— Piyozni erimga to‘g‘ratdim!
Eri xotiniga baqirib:
— Zumrasha o‘g‘ling yana oyoq kiyimimni rasvo qilibdi. Tuvakka o‘tirishni o‘rgangan eding-ku...?
Xotini:
— Tufligingizdan badbo‘y hid kelayotgan edi. Adashib ketibdi-da...
Ikki ayolning "Korzinka" supermarketidagi suhbatidan:
— Bilasanmi Maryam, sotuvga qo‘yilgan bir tog‘ yuvish vositalaridan qay birini olishni bilmay, boshim qotib qoldi. Sen polni yuvish uchun nimadan foydalanasan?
— Erimdan-da. Bilasanmi, natijasi zo‘.o‘.r!
Bir qiz dugonasiga maslahat bermoqda:
— Agar sevgan yigiting seni rashk qilishini xohlasang, unga mana bunaqa sms xabar yozib yubor!:
"Jonim, yaqinda to‘yim bo‘ladi. ...voy uzr, sizga ketib qolibdi".