Boshqalar haqida latifalar

Har kuni tongda sevimli mashg‘ulotim – devordagi soatga qarab, ishga kech qolayotganimni kuzatib yotish...
Uyda o‘tirgan paytim uyda "Kel, shu o‘tirishimda esda qolarli bir ish qilay!" dedim-da, uyda o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatdim.
Dehqonga "Bir yilda 1 tonna metal yetishtirib berolasizmi?" deyishsa, dehqon "Urug‘ini bersalaring yetishtirib beravaraman" degan ekan.
Ikkita baliq urishayotib biri nima dermish:
"Faqat suvga bosish yo‘q!"
— Isming nima seni?
— Toshtemir.
— Isming buncha qiyin?! Eslab qololmayapman.
— Qurilish qilsangiz eslab qolasiz.

Bir motivatsion spiker hamkasbidan so‘rabdi:
— Qanday qilib daromadni ko‘paytirish mumkin?
Hamkasbi debdi:
— Istasang gapirib beraman.
— Yo‘q, gapirib berishni o‘zim ham bilaman. Sen aniq ko‘paytirish usulini o‘rgat!

Negr odamdan "Nega buncha qorasan?" deb so‘rashsa, negr "Tonirovka qilinganman" dermish.
Shahrimizning tekis asfalt yerlariga ohak bilan "Seni sevaman!" deb yozib ketishadi.
To‘g‘ri-da! Tekis asfalt bor bo‘lsa-yu, sevmay bo‘ladimi uni?!
Rossiyaga borgan o‘zbek yigit yo‘lni topolmay bir rus kishini to‘xtatibdi.
Yigit ruscha gapini tushuntirolmay bir nimalar deyayotsa, haligi kishi "O‘zbekcha gapiraver" debdi.
Bir odamni qulog‘i shalpang quloq ekan.
Hamma uni masxara qilar ekan.
Karantin tugab, ko‘chaga chiqsa, maska taqaverib hammani qulog‘i shalpang quloq bo‘lib qolganini ko‘rib rosa xursand bo‘lgan ekan.