Doʻkon-bozor haqida latifalar

Shahardagi butik-doʻkonlarning sukunati ichidan baʼzida shunday soʻzlar yangrab qoladi:
“Voy, dahshat-ku!”, “Bunisi undanam qimmatroq ekan”, “Tilladanmi!?”
— Sizlarni inoqligingizga havas qilaman. Turmush qurganingizga 20 yil bo‘ldi. Haligacha er-xotin sayrga chiqganda bir-biringizni qo‘lingizni ushlab yurasiz...
Er:
— Agar men xotinimni qo‘lini bir daqiqaga qo‘yib yuborsam, u albatta do‘konga kirib, o‘ziga birorta yangi kiyim sotib oladi!
Bir chiroyli qiz do‘kon aylanib yurib, sotuvchidan so‘rabdi:
— Anavi gulli, bejirimgina ko‘ringan narsa nima?
— Bu antiqa sovg‘a. "Yagona sevgilimga" degan yozuvi ham bor.
— Shundan menga olti dona berib yuboring!
Chilonzor buyum bozoridan o‘g‘liga ko‘ylak xarid qilmoqchi bo‘lgan ayolga sotuvchi debdi:
— Juda-yam sifatli matodan tikilgan! Turkiyadan olib kelingan. Katta yigit bo‘lguncha kiyadi, ...
Ayol ko‘ylakni xarid qilib, yonida turgan kichkina o‘g‘ilchasiga kiydiradi-yu, ko‘chaga chiqgan zahoti yomg‘ir yog‘ib, bolakayni ustidagi ko‘ylak shalabbo bo‘ladi. Qarasa, yangi ko‘ylakni yengi qisqarib, o‘zi torayib, rangi oqarib ketadi. Ayol shu zahoti jahl bilan do‘konga qaytib borsa, ro‘parasidan chiqgan sotuvchi:
— Voy-vu, kap-katta yigit bo‘lib ketibsan-ku...- dermish.
Do‘konda.
Xaridor:
— Sizda suyaksiz baliq bormi?
Sotuvchi:
— Yo‘q, lekin go‘shtsiz kolbasalar bor.
Bir kampir magazinga kirib, sotuvchi qizdan so‘rabdi:
— Qizim, sizlarda muzlatilgan tovuq bormi?
Qiz muzlatgichga karasa, bitta tovuq bor ekan:
— Ha, bor. Sizga nechta kerak?
— Bittasini tortginchi?
— Mana, 1.5 kilo...
— Og‘irrog‘idan bormi?, - debdi kampir.
Qiz boyagi tovuqni bildirmay aylantiribdi-yu, yana tortibdi:
— Bunisi 2 kilo. Bo‘ladimi?
— Bo‘ladi qizim. Ikkalasiniyam o‘rab ber. Nevaralarimga bir tabaka qib beray!
Do‘konda.
— Manavi shampuningiz qanaqa sochlar uchun?
— Kir sochlar uchun!
Sotuvchi xaridordan so‘radi:
— Kecha o‘g‘lingiz qimmatbaho mollardan olgan edi, siz namuncha arzonini tanlaysiz?
— O‘g‘limning otasi bor, men esa g‘irt yetimman, - dedi xaridor.
Bir ayolni to‘rtta bolalari bor ekan. Bolalarini to‘palonidan boshi og‘rib ketgan ayol:
— Bas qilinglar bolalar! Bozor bo‘lib ketdi, - desa, bolalari:
— Bozor bo‘lsa, bizga xo‘rozqand olib bering! - dermish.
Peshtoqida «Ko‘ngil siringizni gul yordamida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, — debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha... Men juda kamgapman!