Dorixona haqida latifalar

Kecha sotib olgan dorining yo‘riqnomasini o‘qidim:
“Salbiy ta’sirlari: ko‘ngil aytishi, qayd qilish, bosh aylanishi, ... ketishi, uyqusizlik, asabiylashish, kuchli bosh og‘rig‘i, gastrit, hushdan ketish, ...
O‘ylanib qoldim. Balki shu zormandani ichmasam ham shamollashim o‘tib ketar-a!?”
— Og‘riq qoldiradigan biror doringiz bormi?
— Qayering og‘riyapti bolakay?
— Hozircha hech qayerim. Lekin adam hozir ota-onalar majlisiga ketdi.
Shifoxonaga kelgan bemorga shifokor debdi:
— Uch mahal ichsangiz "otdek" bo‘lib ketasiz...
Bemor:
— Mayli. Lekin dorini nomini aytmadingiz-ku?! - desa, shifokor:
— Dorini nima aloqasi bor bu yerda?! - degan ekan.