Dugonalar haqida latifalar

Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
Ikki dugona suhbatidan:
— Kecha erim bilan hazillashib, holatini tomosha qilish niyatida ko‘ylagining yelka qismiga lab bo‘yog‘ini surtib, rashk janjalini ko‘tarmoqchi bo‘ldim.
— Xo‘sh? Qalay chiqdi haziling?
— Hazil deysanmi? Qilmishiga iqror bo‘ldi!
Yaqin dugonalar ko‘rishib, kafeda o‘tirishibdi. Keyin hamma ayollar o‘zlarining eriga “Men sizni sevaman!” degan SMS yuborishmoqchi bo‘lishibdi. Ularning yozgan SMSlariga erlarning javoblari “hayratlanarli” edi...
1. Kim bu?
2. Onasi, tinchlikmi???
3. To‘g‘risini ayt! Mashinani nima qilding?
4. Tushunmadim...
5. Nechi pul kerak yana?
6. Kimga yozganding bu smsni?!
7. Nima so‘ramoqchi bo‘lsang ham, javobim yo‘q!
8. Yana dugonalaring bilan o‘tiribsanmi ?!
9. ?
10. Tush ko‘rayapmanmi?
Xotin:
— Er-xotin shuncha yil birga yashab, faqatgina bir marotaba uydan ikkalamiz birga chiqdik...
Dugonasi:
— Birga? Kino yoki teatrga borgandami?
Xotin:
— Yo‘q! Uyimizdan yong‘in chiqqanda. Birga yugurib, qochib chiqdik...
Bir ayol avtobusga chiqibdi-yu, dugonasiga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Allo, dugonajon! Yaxshimisan? Kecha uyga borsam eshik oldida ayol kishini tuflisi turgan ekan. Ichkarida erim notanish ayol bilan kulishib o‘tiribdi. O‘g‘lim esa oshxonada. Sekin borib yotoqxonani eshigini ochib qarasam...
Uzr dugonajon! ... Keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman, - deb avtobusdan tushib ketibdi.
Ertasi kuni yana o‘sha avtobusga, yana o‘sha ayol chiqibdi. Hamma yo‘lovchilar unga qarab turganmish.
— Nimaga qarab turibsizlar? - debdi ayol.
Yo‘lovchilar hammasi:
— Gapni ko‘paytirma! Dugonangga qo‘ng‘iroq qil, tez! - deyishibdi.
Bir qiz dugonasi bilan anchadan beri ko‘rishmagan ekan. Ko‘rishib, gaplashib qolibdi:
— Voy dugonajon, ering bilan nega ajrashding? Qaynonang yomonmi?
— Ha yo‘q... Endi, ichadigan, chekadigan, kechasi uyga kirib keladigan, odam kimga ham yoqardi?!
— Ering shunaqami? To‘yingda ko‘rganimda mo‘mingina bola edi-yu!
— Yo‘q! erimga shunaqa odamlar yoqmas ekan...
Rus tilini bilmaydigan ikkita qiz gaplashib turgan ekan. Shunda birinchisi:
— Davay, ruscha gaplashaylik, - debdi.
Gaplashib turishsa, oldilaridan kamaz o‘tib ketibdi.
Shunda birinchisi:
— Fuu, chang-to‘zon prishla, - debdi.
Ikkinchisi:
— Sani so‘zingga kulgim prishla, - debdi.
Birinchisi:
— Kstati, ya vchera tebe pozvandala-pozvandala. Pochemu trubku ne brala? - desa, ikkinchisi:
— A ya golovu stirala, - dermish.
— Dugonajon, oxirgi uch yilda chiqgan yangi seriallarning nomini aytib yubor!
— Bolangni bog‘chaga berdingmi?
— Ha...
Bir qiz kursdosh dugonasiga gapirib beryapti:
— Kecha yigitim bilan aylanib yursak, uni avvalgi sevgan qizi uchratib qoldik. U qiz menga qarab “Mendan nimasi ortiqcha buni?” desa bo‘ladimi!
Dugonasi qiziqib:
— Xo‘sh? Sen nima deding? – so‘rabdi.
— O‘ylab o‘tirmay yigitimni ko‘rsatib “mana nimam ortiqcha” dedim.
Bir ayol 4 yoshli o‘g‘ilchasi bilan ko‘chada borayotgan ekan, chiroyli dugonasini uchratib qolibdi. Dugonasi bilan ko‘rishib, o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, xolangni o‘pib qo‘y! - desa, bolakay:
— Yo‘q, uradilar! - debdi.
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - debdi onasi.
— Adam o‘pganlarida bu xola urganlar, - dermish.