Er-xotin haqida latifalar

Qizim, nega idish tovoqlaring sinib yotibdi?
— Kuyovingiz bilan urishib qoldik.
— Divanning oyoqlari nega sinib yotibdi?
— Kechqurun kuyovingiz bilan yarashib oldik...
Bir erkak mashinasini hadeb artib, quchoqlab, ma’yus holda mashinani silab qo‘yarmush
Buni qo‘shnisi ko‘rib:
— Ha qo‘shni, mashinani sotimoqchimisiz deyman?! - desa, hali erkak:
— Yo‘g‘-ye, xotinim haydovchilik guvohnomasi oldi, - dermish.
To‘ydan keyin yigit qizga:
— Siz mendan avval ham boshqa yigitlar bilan yurganmisiz? - desa qiz jim bo‘lib qolibdi. Yigit ichida “Xafa qilib qo‘ydim, ko‘ngliga ozor berdim”, deb o‘ylab:
— Qo‘ying, jonim. Meni kechiring, - desa, qiz:
— Jim turing ... 76, 77, 78, ...
O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
— Ha, Eshmat globus ko‘tarib olibsan?
— Bayramga xotinimga sovg‘a qilmoqchiman.
— Xotining o‘qituvchi emasdiku.
— O‘qituvchi bo‘lmasa ham mening davrimda bir dunyoni ko‘rsin.
— Allo, adasi, qayerdasiz?
— Bekatda, avtobus kutyapman...
— Tezroq keling!
— Xo‘p, sal tezrok kutaman!
Chol kampiriga ovqat qilishini tayinlab, o‘zi hovlida yong‘oq chaqib o‘tirsa, bir yong‘oq puch chiqib qolibdi. Puch yong‘oqni olib, “Hozir kampirimni oldiga borib, mana bu yong‘oq seni miyangga o‘xshab puch ekan deb boplayman”, deb kampirini oldiga kiribdi.
Kampiri so‘ligan sholg‘omni qiynalib archayotganini ko‘rgan chol jimgina ortiga qaytgan ekan...
— Azizam, men olamdan o‘tsam, yig‘lab o‘tirmagin. Turmushga chiqgin...
— Bas qiling! Ovqat yoqmagan bo‘lsa yemay qo‘yaqoling.
Ko‘chada ota-onasi bilan ketayotgan bolakay hadeb yig‘lab, injiqlik qilaveribdi. Shunda onasi bolasiga qarab:
— Hadeb yig‘layverma! Bo‘lmasa anavi ayolga bervoraman, - desa, shu payt bolani adasi yig‘lashni boshlab yuboribdi...
Bir sodda ayol dorixonaga kirib sotuvchiga debdi:
— Oxirgi paytlarda xotiram yomonlashib, aqliy faoliyatim sustlashgandek bo‘lyapti. Menga miyani yaxshi ishlashiga yordam beradigan dori bersangiz...
— Mana shu doridan kuniga 3 mahal ichib turasiz.
Uyga kelib xarid qilgan dorini tarkibini o‘qib o‘tirgan xotin eriga qarab debdi:
— Voy o‘lmasam adasi... Falon pulga sotib olgan dorim hovlimizda o‘sib yotgan oddiy o‘tlardan tayyorlangan ekan-ku! Men bo‘lsam shuncha pul sarflab o‘tiribman-a...
Eri xotinini gapini eshitib:
— Ana xotin, dori tasir qila boshlabdi, - desa, xotini:
— Qanaqasiga? – debdi.
— Miyang ishlay boshladi, - dermish eri.