Er-xotin haqida latifalar

— Yaxshi qiz, siz bilan bugun biror joyda uchrashsak bo‘ladimi?
— Keling, ertaga uchrashamiz... Bugun erimni tug‘ilgan kuni edi, bolalarni bog‘chadan olishim kerak!
Xotin:
— Dadasi, doktorga borgandim. U menga Antaliyagami, Malayziyagami yoki Dubaygami borib, suv bo‘yida dam olishimni buyurdi. Qayerga boramiz?
Er:
— Boshqa doktorga!
— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o‘girilib:
— Ko‘rdingmi? Bolayam hayron..
Ikki og‘a-ini suhbatlashmoqda:
— Eshitishim-cha xotining mashinasini urib olganmish...?!
— Ha.
— O‘zi-chi, tirikmi ishqilib?
— Hozircha tirik..., Hammomda, berkinib o‘tiribdi...
Biznesmendan qanday qilib millioner bo‘lganini so‘rashdi.
— Xotinim tufayli.
— Qanaqasiga?
— Qancha pul topganimda xoti­nim pul yo‘qligidan nolishni to‘x­tatishini bilmoqchi edim...
Erkak do‘stiga dedi:
— Kecha kechqurun kelayotsam, yo‘l chetida qurbaqa yotibdi. Rahmim kelib uyga olib keldim. Uxlashga yotayotib uni yonimga yotqizdim. Ertalab uyg‘onsam qurbaqa malikaga aylanib qolibdi. Ishonasanmi do‘stim?
— Ha ishonaman.
— Negadir xotinim ishonmayapti.
— Menda-yam shunaqa bo‘lgandi-da...
Falsafa fanidan imtixon bo‘lyapti...
Talaba: Domla keling yaxshisi men sizga bir savol beraman, topsangiz zachyotkamga bahoimni qo‘ymaysiz, topolmasangiz 5 baho qo‘yib berasiz.
O‘qituvchi: Ho‘p, eshitaylikchi...
Talaba: Nima qonuniy-yu, mantiqiy emas, nima mantiqiy-yu, qonuniy emas, nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas?
O‘qituvchi savolga javob berolmay bahosini qo‘yib berdi.
O‘qituvchi: Qani endi javobni o‘zingizdan eshitaylikchi...
Talaba: Siz xotiningiz bilan ZAGSdan o‘tgansiz — bu qonuniy, lekin siz 70 yoshdasiz, xotiningiz 20 yoshda — bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sizning xotiningizni jazmani bor — bu mantiqiy, lekin qonunga xilof ish qilyapti — bu qonuniy emas. Siz hozirgina o‘sha xotiningiz jazmaniga baho qo‘yib berdingiz — bu qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas.
Xotin eriga debdi:
— Dadasi, polni tuzatib bering.
Eri:
— Men senga ustamidim?! - debdi.
Xotini yana:
— Tandirni suvab bering, - desa er:
— Men senga suvoqchimanmi?!
— Chiroqni tuzatib bering.
— Elektrikmanmi?! - deb ishga ketibdi er.
Kechqurun ishdan qaytsa, hamma ishlar qilingan.
— Kim suvadi? Kim chiroqlarni tuzatib qo‘ydi? - desa, xotini:
— Qo‘shnimiz Alijon aka, - debdi.
— Nechi pul oldi? - so‘rabdi eri.
Xotini:
— Pul olmadi. Xursand qilsangiz bo‘ldi dedi, - debdi.
Shunda eri:
— Qaysi ashulani aytib xursand qilding? - deb so‘rasa, xotini:
— Men sizga ashulachimidim?! - dermish.
Do‘konga kirgan mijoz sotuvchiga debdi:
— Kecha sizlardan ayollar paltosini sotib olgan edim. Xotinimga yoqmadi. Almashtirib bersangiz...
Sotuvchi hayron qolib:
— Bo‘lishi mumkin emas! Axir bu ajoyib palto-ku! Balki paltoni emas, xotinni almashtirarsiz?!
Xitoylik qizni sevib qolgan o‘zbek yigiti qizning otasiga debdi:
— Qizingizni qo‘lini so‘rab keldim. Menga turmushga chiqishiga ruxsat bering!
Xitoylik ota javob beribdi:
— Ajdodlarimiz kabi bu ishni buyuk ajdar bilan maslahatlashib, keyin aytaman.
Yigit quvonib debdi:
— Ovora bo‘lmang! Rafiqangiz bilan gaplashib bo‘ldim...