Er-xotin haqida latifalar

— Og‘ayni, xotinim bilan urishib qoldik.
— Nima bo‘pti? Biz ham janjallashib turamiz.
— Sizlarda kim birinchi bo‘lib gapiradi? Xotiningmi yoki senmi?
— Albatta, xotinim.
— Qanday qilib?
— Uydagi modemni sekin o‘chirib qo‘yaman. Xotinim darrov “Internetni tuzatib bering” deb yalinib keladi.
Sport zalidan qaytgan er xotiniga debdi:
— Hamma joyim og‘rib ketyapti. Trenerim aytdiki, mushaklarim og‘risa, demak ular o‘sayotgan bo‘larkan.
Xotini erini boshiga bir urib:
— Og‘ridimi? Qani endi, miyangiz ham o‘sib qolsa edi...
Hurmatli erkaklar! Agar siz maktab bilan bir devor qo‘shni bo‘lsangiz ham, xotiningiz shaharni narigi chetidagi maktabga farzandingizni o‘qishga beradi...
Er-xotin aylanib yurishsa, o‘g‘rilar chiqib qolishibdi.
— Eng qimmat narsangni ber! – debdi do‘q urib o‘g‘rilardan biri.
— Dadasi, meni berib yuboraqoling... – debdi shoshib qolgan xotini.
— Jinnimisan!? Eng qimmat narsani deyapti, arzonini emas! – dermish eri.
Er-xotin janjallashib qolishibdi.
Xotin:
— Ming la’nat sizga! G‘irt ahmok ekansiz!
Er:
— Ha, bo‘lmasa senga uylanarmidim...?!
Er xotin ovqatlanib o‘tirishibdi. Birdan eri xotinining boshiga shart etib urib qoldi. Shunda xotini:
— Ha, Nima bo‘ldi???
Er:
— Chappillatmasdan ye, - dermish.
Oradan 10 daqiqa vaqt o‘tgach eri yana xotiniga shart etib qo‘yib qoldi.
Shunda xotini:
— Ha, yana nima bo‘ldi, - desa
Eri:
— Boya chappillatganing esimga tushib ketti, - dermish
Erkak uyiga kovrolin to‘shab, ishni tamomlagach, sigaret chekmoqchi bo‘libdi. Cho‘ntaklarini qidirib, sigaretini topa olmasmish.
Bir payt qarasa, kovrolinni o‘rtasi do‘mpayib ishib turganmish.
“Obbo! Shu yetmay turgandi. Kovrolinni tagida sigaret qutim qolib ketibdi” debdi jahli chiqib. Qarasa, oshxonadan xotini chiqib eri tomonga kelayotganmish. Erkak bolg‘ani olib, kovrolinni do‘mpayib turgan joyini tez-tez urib, pachoq qilib tekislab qo‘yibdi. Xotini erini tepasiga kelib:
— Adasi, sigaretingizni qidirmadingizmi? Mana, oshxonada qoldiribsiz. Kecha siz menga sovg‘a qilgan yangi telefonni topa olmayapman, ko‘rmadingizmi qayerda qoldi ekan?! – dermish.
Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimni kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!
Erining yomon odatlaridan to‘yib ketgan xotin debdi:
“Sizni birinchi ko‘rishimdayoq, butun umrimni sizsiz o‘tkazishni istayotganimni his qilgandim”.
Choyxonada erkaklar suhbatlashib o‘tirgan ekan, ulardan biri debdi:
— Mana sizlar, maoshingizdan qanchasini xotinga berasizlar?
Birinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 2 metrlik aylana chizamanda, pullarimni tyepaga otaman. Aylanani ichiga tushgani meniki, tashqariga tushgan pullar xotinimga bo‘ladi.
Ikkinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 3 metrlik aylana chizaman. Pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga sochilib tushganini xotinim terib oladi, tashqariga tushgan pullarni esa men olaman.
Uchinchi erkak kulib:
— Men hech narsa chizib o‘tirmayman! Pullarni shundoq havoga otaman. Xotinim havoda nechtasini ushlab ulgursa o‘shani oladi. Yerga tushgani hammasi o‘zimniki! - degan ekan.