Er-xotin haqida latifalar

— Onasi, o‘g‘limizni bog‘chadan olib keldim!
— Nimalar deyapsiz? Kimni bolasi bu? Bizni o‘g‘limiz maktabga chiqqaniga 2 yil bo‘ldi-ku!
Bir kuni Afandi bilan xotini hayvonot bog‘iga borishibdi. Xotini hayvonlarga qarab yig‘laganini ko‘rib, uning yoniga borib mehribonlik bilan so‘rabdi:
— Xotin nega yig‘layapsan?
— Dadasi qarang, shuncha shuba bekorga yotibdi-ya.
Qimor o‘ynab o‘tirgan erkaklar orasida bittasi to‘satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo‘libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o‘ynab o‘tirib, hamma narsasini yutqazib qo‘ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O‘lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g‘azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo‘ldi, siz aytgandek bo‘ldi! - dermish.
Xotin erta tongda eriga:
— Azizim, tushimda menga tilla zanjir sovg‘a qilgan emishsiz. Bu nimani anglatarkin-a?
— Kechqurun bilasan, - debdi eri.
Xotin erining kelishiga chiroyli dasturxon bezatibdi-da, o‘zi ham yasanib olibdi. Eri kelishi bilan nozlanib erkalanib:
— Menga nima olib keldingiz?, - desa, eri:
— Mana, “Tushlar ta’biri” kitobi. Ushla, bu senga! Boshqa boshimni qotirma!, - dermish.
Xotin eriga baqiryapti:
— Sizga xizmatkor bo‘lish jonimga tegdi, ajrashaman.
— Yo‘q, sen bo‘shatilding!
Bir ayolning eri o‘lim to‘shagida yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirganmush:
— Meni tashlab ketyapsizmi?! Men ham tez orada o‘lsam kerak...!?
Eri zo‘rg‘a ko‘zini ochib xotiniga:
— Shoshilma xotin! U yoqda biroz dam olishga imkon ber!!! - dermish.
Tongda uyga kirib kelgan eridan xotini so‘rabdi:
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
Bankka bosqinchilar kirib hammaga baqira boshlashibdi:
— Teskari o‘giril, yot! Agar kim bizni yuzimizni ko‘rsa, otib tashlaymiz!
Bir odam:
— Men ko‘rdim, - deb yuboribdi. Shu zahoti to‘pponchani olib otib tashlashibdi. Yana so‘rashibdi:
— Yana kim ko‘rdi?! - desa, chetroqda yotgan odam:
— Meni xotinim ko‘rdi, - dermish.
Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto‘g‘ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g‘ildiraklarini tezgina almashtirib oldi...
— Dugonajon, kecha erim meni xafa qildi.
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Go‘zallik saloniga 300 ming so‘ragandim.
— Bermadimi?
— Menga tikilib qarab turdi-da, 500 ming berdi!