Er-xotin haqida latifalar

Xotini:
— Adajonisi bugun turmush qurganimizga 25 yil bo‘ldi, qo‘y so‘yib is chiqazvoraylik, - desa
— Eri qo‘yda nima ayb, ammangni so‘yish kerak, 25 yil oldin ammang bizni uchrashtirgan, qo‘y emas.
Bir ayol derazadan qarab turib, ro‘paradagi uyda kir osib chiqayotgan qo‘shnisini ko‘rsatib:
— Adasi, qarang! Anavi ayol kirlarni chala yuvar ekan, - debdi.
Eri indamabdi. Ertasiga, indinga yana shu holat takrorlanaveribdi. Uchinchi kuni xotini derazadan qarab:
— Hayriyat-yey, anavi ayol bugun kirlarni tozza yuvibdi, - desa, eri:
— Yo‘q, men ertalab derazalarimizni artib qo‘ydim, - dermish.
Dugonalar hasratlashmoqda:
— Erimni qara! Vaqt allamahal bo‘ldi, haligicha qayerlardadir mast bo‘lib sang‘ib yuribdi.
— Meni erimdan o‘rnak olsa bo‘lmaydimi?! Uni allaqachon olib kelib tashlashgan...
Qari chol-kampir radiopriyomnik sotib olishibdi. Elektrga ulab, qarab turishsa, ishlamabdi. Birozdan so‘ng tutun chiqishni boshlabdi.
— Gapirmayapti-ku?! - debdi chol.
— Hozir chekib olsin, keyin gapirar, - dermish kampir.
Bir erkak do‘stiga maqtanibdi:
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug‘-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig‘ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo‘sh?
— Yo‘qol ko‘zimdan, hali kirlarni yuvib bo‘lganim yo‘q, - dedim.
Bir kuni er-xotin janjallashib qolishibdi. Xotinini jahli chiqib eriga:
— Sizga tekkandan ko‘ra shaytonga tekkanim yaxshi edi, - desa, eri qarab turib:
— Buni iloji yo‘q, yaqin qarindoshlarning nikoh qurishi man etiladi, - debdi.
Yangi ko‘ylak kiygan xotin eridan so‘rabdi:
— Bu ko‘ylak meni semiz ko‘rsatmayaptimi?
Eri:
— To‘g‘risini aytsam, xafa bo‘lmaysanmi?
— Yo‘q! Gapiravering, - debdi xotini.
Eri:
— Yuqori qavatda yashaydigan qo‘shni ayol menga juda-yam yoqadi-da!!!
Er-xotin zargarlik do‘koni yonidan o‘ta turib:
— Adasi, uyat emasmi, nuqul bitta zirakni taqib yuribman, - debdi xotini.
— Paypog‘imni ko‘rsataymi xotin?! - dermish eri.
O‘g‘li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so‘ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so‘rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so‘rayman? Gunohim nima?
— Uzr so‘ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so‘ragin.
— Xo‘p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo‘ladi. Hech qanday sababsiz uzr so‘rashni o‘rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo‘ladi.
Kechasi uyga kirib kelgan er nimadan janjal chiqarishni bilmasdan, xotiniga:
— Chiroqni yoq! Endi o‘chir, yoq, o‘chir, ...- deyaveribdi.
Birozdan keyin xotinini bir urib:
— Kechasi xushtoringga signal beryapsanmi? - dermish.