Er-xotin haqida latifalar
— Onasi, shumtaka o‘g‘ling yerdagi qorni yeyapti!
Ona:
— Qor yemasin, tomog‘i og‘riydi!
Birozdan so‘ng, ota:
— Onasi, qor rostdanam shirin ekan!
Ona:
— Ha, yaxshi...
— Kundaligingni ichiga manavi pullarni solib, adangga uzatsang, seni urishmaydilar!
— Turdingizmi azizim? – desa, eri jilmayib:
— Ha, turdim baliqcham! Nonushtani tayyorlang! - debdi.
Xotini ham jilmayib:
— Ho‘p bo‘ldi ayiq polvonim, - deb chiqib ketayotsa, eri o‘ziga-o‘zi pichirlab: "Nima balo u ham meni ismimni esidan chiqarib qo‘ydimikin”, - dermish.
Er-xotin ziyofatdan ichib qaytishibdi. Uyining eshigi oldiga kelib, eri cho‘ntagidan kalitni topolmay tursa, xotini unga qarab:
— Odam bo‘lmay keting! Shunchalik ham ichasizmi?! Eshik qani? Nima qildiz o‘zi eshikni? –dermish.
Hech nima qila olmagan xotini uni boshiga yostiq qo‘yib, ustiga ko‘rpa yopib qo‘ysa, yarim kechasi eri baqirayotganmish “Xotin chiroqni yoq! Negadir kravatni oxiri ko‘rinmayapti, tusha olmayapman!”
— Men xotinim bilan xonada urishib qoldik. U o‘zini derazadan pastga tashlamoqchi...
Navbatchi:
— Bu mutlaqo shaxsiy masala! Bizga umuman aloqasi yo‘q!
— Ming la’nat, aloqasi yo‘q emish. Nimaga xonani derazalari ochilmayapti axir!?
— Senga mazza-da... Ovqatlanasan, uxlaysan, xojatdan keyin yana ovqatlanasan, ... uxlaysan... – deb bolasiga gapirayotsa, qo‘shni xonada televizor ko‘rib yotgan eri:
— Haqqim bor! Bugun yakshanba - dam olish kunim! – dermish.
— Siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qo‘qonda.
— Ada siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qarshida.
— Men-chi?
— Toshkentda.
— Qanday yaxshi-ya! Uchchalamiz uchta joyda tug‘ilib, bir joyda uchrashib turibmiz.
— Xotin, ishxonada oyog‘imga temir tushib ketdi. Maftuna shifoxonaga olib keldi. Endi oyog‘imni kesishar ekan...
Xotindan SMS:
— Maftuna kim?!
— Bo‘ldi, rasm chizishni yig‘ishtiring, yoting! - deb urishib beribdi. Eri ishini to‘xtatib, xotining yoniga borib yotibdi. Shunda bir oz vaqt yotgandan keyin,
— Maylimi xotin? – debdi eri. Xotini ham xursand bo‘lib ketib “Mayli”, - debdi. Shunda eri shartta o‘rnidan turib, yana rasm chizishni boshlab yuborgan ekan.