Erkaklar haqida latifalar

Ota: O‘g‘limni telefonini qo‘limga olib, qaradim. Xotinimni raqamini "Xo‘jayin" deb yozib qo‘yibdi. Meni raqamimni nima deb saqlagan ekan??? "Xo‘jayinning xo‘jayini" degan yozuv chiqdi. Ma’qul!
Bir yigit ko‘chaga chiqsa tobutni qiyshiq ko‘targan olomon kelayotgan emish. Tobutni oldida to‘n, do‘ppi kiyib, yaqin do‘sti yig‘lab kelayotgan emish. Haligi yigit yugurib do‘stini oldiga borib, hol-ahvol so‘rabdi:
— Qaynonamdan ajralib qoldim do‘stim, qaynonamdan!
— Tushunarli, unda nimaga tobutni qiyshiq ko‘tarib ketayapsizlar?
— Tobutni to‘g‘ri ko‘tarsak, hurrak otib yuborayapti-da!
Bir ayol hikoya qilibdi:
— Kecha erim yana ichib, juda kech keldi. Indamay yotaverdim. 10 minut shitir-shitir qildi.
Oxiri chidolmay gapirvordi: "Hech bo‘lmasa javrab qo‘ysang-chi, yotoqxona eshigini topolmayapman!".
Afandi bir o‘rtogi bilan yotar edi, o‘rtog‘i uyg‘onib Afandidan so‘radi:
— Afandi, uyg‘oqmisiz?
— Ha, nima qildi?,
— Sizdan bir oz pul so‘ramoqchi edim.
— Unday bo‘lsa men uxlayapman,— dedi Afandi.
Bir mast odam militsiyaga qo‘nqirok qilib:
— Allo, militsiya. Bu yerda 1000 kishi o‘lib yotibdi.
Militsiya:
— Allo, allo, siz hozir qayerdasiz?
— Qabristonda.
Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Obbo, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a?!
Eri xotiniga baqirib:
— Zumrasha o‘g‘ling yana oyoq kiyimimni rasvo qilibdi. Tuvakka o‘tirishni o‘rgangan eding-ku...?
Xotini:
— Tufligingizdan badbo‘y hid kelayotgan edi. Adashib ketibdi-da...
Uchta yigit uylanibdi. To‘ydan bir haftadan keyin yig‘ilishibdi:
Birinchi uylangani Malibu haydab kelibdi. Ikkinchisi yangi uyli bo‘libdi. Uchinchisidan:
— Senga nima olib berdi qaynotang deyishsa:
— Meni xotinim qiz bola chiqdi, - debdi.
— Ada, qornim ochdi.
— Oyinga Telegram'da yoz, kelib ovqatlantirib ketadi.
Bolakay dadasidan so‘radi:
— Dada menga pul bering!
— Pulni nima qilasan?
— Yangi oyi olaman.
— Oying bor-ku...?!
— O‘zimni oyim pul bermadilar. "Dadang uyga erta keladigan bo‘lib qoladi. Erta kelsa ikkinchi dadang ketishga ulgirmaydi" dedilar.