Erkaklar haqida latifalar

Qaynona kuyovini sinamoqchi bo‘lib yoniga chaqirib, bolam meni kunim yaqinlashib qoldi, men o‘lsam Moskvaga ko‘mish uchun joy zakaz qilib kela olasizmi, — desa
— Ha, onajon, — debdi va Moskvaga ketibdi.
Kelgach qaynona so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi o‘g‘lim? — desa
— Bo‘ldi ona, lekin bitta muammo bor.
— Qanaqa muammo?
— Ertaga soat 12:00 ga janoza — dermish...
Ota 9 yoshli o‘g‘liga:
— Menga qara, nega sen "Bola tarbiyasi" to‘g‘risidagi kitobni o‘qiyapsan?
O‘g‘ilning javobi:
— Meni tarbiyalashda haddilaringdan oshmayapsizlarmi yo‘qmi, shuni nazorat qilmoqchiman.
— Yaxshi yigit, sizga savolni 2 marta qaytardim. Yana qaytaraman! Siz savolga «Ha» yoki «yo‘q», - deb javob bering!
— Zaldagi odamlar sizni javobingizni kutaverib charchab ketishdi axir!
— Do‘stimga qo‘ng‘iroq qilsam bo‘ladimi?
— Bu sizga «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi» o‘yini emas yigit, bu yer "Nikoh uyi"!
Eshmat roddomda derazaga qarab baqiryapti:
— Halima, Halimaa, Haaliimaa!
Derazadan Halima qarab:
— Namuncha baqirasiz?
Eshmat:
— Tug‘dingmi?
Halima:
— Ha, egiz!
Eshmat:
— Kimga o‘xshaydi?
Halima:
— Bir-biriga o‘xshaydi!
Qishda yaxmalak zinalardan tushaverishda oliyjanob, madaniyatli erkaklarni deyarli topib bo‘lmaydi.
Er xotinini poyezdga joylab kuzatyapti. Xotin yurayotgan poyezd oynasidan hayrlashyapti.
Shunda er:
— Xotin u yoqda har kimgayam ishonaverma, hozir yomon odamlar ko‘p.
— Nima? Eshitmayapman gapingizni...
— Ehtiyot bo‘l, o‘zingga mahkam bo‘l. Kechasi ko‘chaga chiqmagin...
— Nima? Baribiram eshitmayapman...
— Eee...Bilganingni qil..
— Haa, ...tushundiiimm...
Ota va o‘g‘il o‘tirishibdi.
Bola:
— Dada alkash nima degani?
Ota:
— Alkash u anavi 2ta daraxtni ko‘rayapsanmi, o‘sha daraxtlarni 4ta ko‘radi, tushundingmi?
Bola:
— Dada u yerda bitta daraxt-ku, - dermish.
— Jonim, menimcha men ikki qatman?
— Nega unday deyapsan?
— Qornimni qara?
— Ha, gap bu yerda degin, unda bu farzandning otasi men emas, non zavodi ekan-de.
Xizmat safaridan qaytgan er xotiniga dedi:
— Men nikoh uzugimni yo‘qotib qo‘ydim.
— Qanaqasiga? Qanday qilib uni yo‘qotish mumkin?
— O‘zing aybdorsan! Men senga bir yildan beri cho‘ntagim teshilib qolibdi deyman. Sen e’tibor qilmaysan!
Bir kuni yosh yigit ko‘chada ko‘zgu topib olibdi. Unda o‘zini aksini ko‘rib:
— Men bilan urishasanmi? To‘xtab tur, unda hozir krasofkamni kiyib kelay, - deb ketibdi.
Qaytib kelgunicha ko‘zguni mashina bosib, maydalab ketibdi. Shunda yigit:
— Nomard, bir kishiga nechtang urishansanlar, - dermish.