Erkaklar haqida latifalar

Bosinqirab uyg‘ongan erkakdan xotini so‘radi:
— Nima balo, tushingizda ilon ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, onangni ko‘ribman.
Yomg‘irli kunlarning birida, bir ayol do‘kondan uyiga qaytayotgan ekan. Ortidan bir erkak izma-iz kela boshlabdi. Juda-yam yaqin kela boshlaganini ko‘rgan ayolning o‘takasi yorilay debdi.
Qo‘rquvdan qaltirashga tushgan ayol boyagi erkakka o‘girilib qarasa, erkak:
— Qo‘rqmang! Men shunchaki, yangi etigim loy bo‘lmasin deb, izingizni bosib kelyapman xolos...! – debdi.
Tirband avtobusda bir yo‘lovchi yonidagi yigitga qarab debdi:
— Hoy yigit, gimnastikachimisan?
— Ha, qayerdan bildingiz?
— Chunki bir oyog‘ing bu yerda, ikkinchisi bir metr narida turibdi.
Eri jahl bilan ZAGS qog‘ozini o‘qib o‘tirsa,
Xotini:
— Voy, jonim nima qivossiz? ZAGS qog‘oziga buncha termulib qoldiz, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Amal qilish muddatini qidirayaman, - dermish.
— Eshitishimcha, uylangan emishsan.
— Ha, ko‘chadagi oshxonalarda ovqatlanib yurish yoqmayotgan edi.
— Endi-chi?
— Endi yoqyapti.
Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish.
Tunda ikki mast ko‘chada ketayotib, yonib turgan chiroqqa ko‘zlari tushib qolibdi.
1-mast:
— Bu - quyosh, - desa,
2-mast:
— Yo‘q, bu - oy, - deb tortishib ketishibdi.
Ular tortishayotsa oldilaridan bir odam o‘tib qolibdi.
Shunda haligi mastlar:
— E birodar, bir minut... Anavi quyoshmi yoki oymi? Biz hech kelisha olmayapmiz, - deyishsa, haligi odam:
— Kechirasizlar akalar, men bu mahalladan emasman, - dermish.
Qiz yigitiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Nega shuncha qo‘ng‘iroq qilsam ham javob bermadingiz?
Yigit telefoniga qarab olib:
— Voy, 23 martta qo‘ng‘iroq qilibsan. Nima gap?
— Bugun uchrashuvimiz bor edi. 11 ta qo‘ng‘irog‘im shunga edi!
— Qolgan 11 tasichi?
— Uchrashuvga nega kelmaganingizni bilmoqchi edim.
— 24-sini-chi?
— Oramiz ochiqligini aytmoqchi edim.
Qiz sevgan yigitiga:
— Jon, znayesh? Dunyoda takiye veshi bor, luchshe ularni bilmagan yaxshi, - debdi.
Yigit:
— Bunga o‘zbek tili grammatikasi ham kirsa kerak?! - dermish.
Bola o‘rtog‘iga norozi bo‘lib dedi:
— Itim senga yoqmadimi? Nega unga aftingni qiyshaytiryapsan?
— Avval o‘zi boshladi-ku!