Erkaklar haqida latifalar

Donishmandga savol berishibdi:
— Nega, ko‘pincha ayollarning boshi og‘riydi?
Donishmand javob beribdi:
— Kuchsiz erkaklarning ayollarini boshi og‘riydi, kuchli erkaklarning ayolini boshi aylanadi!
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatyapti:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
Bolakay maktabdan kelib dadasidan so‘radi:
— Dada,siz ham muallimani sevib qolganmisiz?
— Ha!
— Keyin-chi, keyin nima bo‘lgan?
— Keyinmi? Keyin oying seni boshqa maktabga o‘tkazib qo‘ygan!
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.
Bir odamni mashina urib ketibdi. Vrach uni ko‘rib “Tamom” debdi.
Haligi odam boshini ko‘tarib “Men tirikman!” deb qichqirsa, xotini yoniga kelib “Tinchlaning azizim! Vrach biladimi yo siz bilasizmi!?” degan ekan.
Bir kuni Xo‘ja Nasriddinga deyishibdi:
— Nasriddin, sizni xotiningiz aqldan ozibdi!
Xo‘ja Nasriddin chuqur o‘yga botibdi.
Undan so‘rashibdi:
— Nimani bunchalik o‘ylab qoldingiz?
Nasriddin:
— Xotinim o‘zi tug‘ilganida aqlsiz edi. Qanday qilib aqldan ozishi mumkin deb o‘ylab qoldim, - degan ekan.
Er xotiniga:
— Kostyumimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Shimimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Oyoq kiyimimni-chi?
Xotin:
— Axir uni cho‘ntagi yo‘q-ku?!
Er-xotin va qizi ovqatlanayotgan ekan, onasi qiziga:
— Qizim senga nima bo‘ldi? Juda xomushsan, ovqatingni yegin, - desa, eri xotiniga:
— Shuniyam bilmaysanmi? Qizingni erga berish kerak, - debdi. Oyisi yana qiziga:
— Ol qizim, ovqtingni yegin, kasal bo‘lib qolasan axir, - desa, eri yana xotiniga:
— Buningni dardi ma’lum, erga berish kerak! - debdi.
Onasi yana qiziga:
— Qizim hozir ovqating sovub qoladi, - desa, qizi:
— Uf-f-f oyi, birpas jim turing! Dadam gapirsinlar! - dermish.
Yosh kelin eridan so‘rabdi:
— Rostini ayting, siz mengacha birortasiga qaraganmisiz?
Kuyov:
— Ha, juda ko‘piga qaraganman.
Kelin:
— G‘amxo‘rlik ham qilganmisiz ularga?
— Ha! Hammasiga!
— Kim ekan ular???
— Qo‘ylarga-de...!
Afandini bog‘iga o‘g‘ri tushipti, uni ko‘rib qolgan afandi baqirib o‘g‘riga do‘q qilipti:
— Uyalmaysanmi birovni bog‘ida o‘g‘rilik qilgani?
O‘g‘ri:
— O‘zing nimaga xotininga yangi ko‘ylak obermaysan?
Afandi:
— Seni o‘g‘riliging bilan meni xotinimni ko‘ylagini nima aloqasi bor???
O‘g‘ri:
— Gapni kavlasa, gap chiqaveradi-de - degan ekan.