Haqiqat-adolat haqida latifalar

70 ga kirgan ammamga telefon qildim:
— Tashqariga chiqmang-a amma!
— Yo‘q, chiqmayapman.
— Nima qilyapsiz?
— O‘tiribmiz, qo‘shnilar o‘zlari kirishdi. Zumrad xolang, Holida xolang bor yana 3-4 tasi gaplashib o‘tiribmiz.
— E, amma kasal yuqadi. To‘planish kerakmas. Nimaga unaqa qilasizlar amma?
— Havotir olma jiyan. Bitta maska olvoganmiz. Kim gapirsa, o‘sha taqib gapiryapti.
Bir paytlar ota-onamga ishlatish uchun eski rusumdagi mobil telefonimni berar edim.
Endi esa ular menga o‘zlarining eski tanometrlarini berishmoqda.
Bir ayol Feysbukida "Erim - mening vatanimdir" degan yozuvni barcha bilan bo‘lishibdi.
Do‘stlari ichida barcha ayollardan "Vatan - barchamizniki!" degan izoh qoldirishibdi.
Barcha bo‘ydoqlar diqqatiga:
Imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang! Mehmon chaqirmasdan to‘y qilish faqat bu yil bo‘ladi!
Bir ayol karantindan keyin sartaroshxonaga kirsa, tibbiy niqob, ko‘zoynak taqqan, qo‘liga tibbiy qo‘lqop kiygan odam turganmish.
— Assalomu alaykum doktor! - desa, haligi odam:
— Men doktor emas, sartaroshman! - dermish.

Yigirma yildan keyin ham yigirmanchi yilda nimalar bo‘lganini bemalol aytib bera olamiz bu ketishda. Nimalar bo‘lmayapti 2020 yilda?!.

Shogird ustozi piri komildan so‘radi:
— Bu tojvirus sizga tegmadimi, Ustoz?
Piri komil ustoz dedi:
— O‘zimga-ku tegmadi, lekin jonimga toza tegdi.

Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda tugashini eshitib qoldim.
Endi sinf remonti uchun pulni nima qilishadi...?
Agar tushingizda hojatxonani ko‘rsangiz, undan foydalanmang!
Qadim zamonda podshoh birining saroyi oldida xalq yig‘ilib, shovqin-suron ko‘taribdi.
Podshoh ayyonlardan so‘rabdi:
— Tashqarida nima bo‘lyapti?
— Xalqingiz sizga minnatdorchilik bildirish uchun kelibdi, - debdi ayyonlar.
Podshoh:
— Nega ular "Bo‘ldi bas!", "Yetar!", "Ortib ketdi" deb baqirishyapti, - desa, ayyonlari:
— Hamma narsa yetarli, ortig‘i bilan muhayyo, to‘kin-sochinlik bo‘lgani uchun aytishyapti bu so‘zlarni, - degan ekan.