Haqiqat-adolat haqida latifalar

Tasavvur qilyapsizmi? Agar hozir umumxalq hashari e’lon qilinsa, nechi minglab odamlar ko‘chaga otilib chiqishadi?!
— O‘g‘lingiz dars vaqtida rogatkadan otib o‘tiradi, - deb nolibdi o‘qituvchi o‘quvchining onasiga.
— Voy shumtaka-yey! Tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan to‘pponchani yo‘qotibdi-da, - debdi onasi.
Ro‘molini niqob qilib o‘ragan ayoldan tibbiy niqob taqib olishni so‘rashdi. Suhbatning davomi:
— U niqob bilan bu niqobning farqi yo‘q-ku?!
— Siz ro‘molingizni har 2 soatda almashtirib yangilamaysiz-da!
— Men siz aytgan niqobni ham har 2 soatda hech kim yangilamayman...
Bir odamni yoniga gadoy kelib pul so‘rabdi:
— Akajon pul bering. Avtobusga ham pulim yo‘q...
Haligi odam gadoyga pul bersa, gadoy pulni olib to‘g‘ri barga kirib ketibdi.
Ortidan kirib:
— Avtobusga pulim yo‘q deding. Pul berdim. Nega aroq ichgani o‘tirib olding? - desa, gadoy:
— Shu aroqni ichsam avtobusda ham tekinga ketaman-da aka. Sizni aldaganim yo‘q, - debdi.
— Qayerda eding?
— Geografiya kitobining 67-sahifasini ochsang, bilib olasan.
— 67-sahifasi yirtib olingan-ku!?
— Endi tushungandirsan qayerda bo‘lganimni?!
Bir ayol ishga ketib, uyda qolgan eriga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Adasi, nima qilyapsiz? - deb so‘rabdi.
Eri:
— Uydaman! Sen qiladigan ishni qilyapman... - debdi.
Xotini o‘zicha xursand bo‘lib, erim uylarni tozalab, ovqat qilib o‘tirgan ekan, deb o‘ylabdi. Kechqurun uyga kelib qarasa, eri divanda yalpayib o‘tirib olgancha, serial ko‘rayotgan ekan.
Umrimda birinchi martta xorijga dam olish uchun koronavirus sababli bora olmayapman!
Oldinlari pulim yo‘qligi uchun bora olmasdim.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan.
O‘sha narsa pul ekan.
Uylanganiga ko‘p bo‘lmagan yigit do‘stiga:
— Shu kunlarda bir narsani tushundim.
Do‘sti:
— Nimani?
— Odam ato eng baxtli er bo‘lgan ekan.
— Nega?
— Chunki uni qaynonasi bo‘lmagan!
— Oyi, telefoningizda o‘yin o‘ynasam bo‘ladimi?
— Avval darslaringni qil.
— Oyi darslarimni qildim. Endi berasizmi?
— Darslaring tugagan bo‘lsa, endi ishlarga qarash!