Hayvonot haqida latifalar

O‘rmonda maymun yugurib ketayotib baqirarmish “Narxlar yana oshibdi, narx-navo ko‘tarilibdi...”. Oldidan bo‘ri chiqib so‘rabdi:
— Nega baqiryapsan?
— Narxlar oshibdi, eshitdingizmi? – debdi maymun.
— Nima bo‘pti? Myenga nima?! Avval go‘sht yeb yurganman, bundan keyin ham yeyaveraman! – debdi bo‘ri beparvo.
Maymun yana yo‘lida yugurishda davom etibdi, “Narxlar oshib ketibdi...!”
Uni oldidan tulki chiqibdi.
— Nima deyapsan?
— Hamma narsa oshib ketibdi...
Tulki ham parvo qilmay:
— Menga umuman farqi yo‘q! Avval mo‘yna kiyib yurganman, bundan keyin ham mo‘ynada yuraman! – deb javob beribdi.
Shunda maymun o‘ylab turib:
— Rostan ham, myenga-yam farqi yo‘q-ku! Avval qanday yalong‘och yurgan bo‘lsam, bundan keyin ham shunday yuraveraman, - dermish.
Pingvinlarning qanotlari uchish uchun emas, shunchaki qanot bo‘lib turish uchun berilgan.
Ayrim odamlarga miyasiga o‘xshab...
Bir kuni ikkita o‘rtoq uchrashib qolishibdi.
Biri debdi:
— Nega o‘z sinfdoshingni sudga berding?
Ikkinchisi:
— U meni yoshligimda “Begemot” deb chaqirardi. Kecha hayvonot bog‘iga borgandim, endi bildim begemot qanaqa bo‘lishini, - degan ekan.
Ichib olib mast bo‘lib qolgan kishi temir panjarani ushlab zo‘rg‘a sudralib yurib ketayotsa, oyog‘i ostidan daydi it o‘tib qolibdi. Mast odam itga:
— Hoy daydi iflos it. Ahvolingni qara! Hamma yog‘ing rasvo, to‘rt oyoqlab loyga botib ketyapsan...! – desa it debdi:
— Hozir mana shu panjara tugasin, keyin o‘zingni ahvolingni ko‘raman!
O‘g‘li otasiga debdi:
— Ada, nega gorillaning burun teshiklari buncha katta?
Adasi o‘ylanib turib:
— Chunki gorillaning barmoqlari katta-da! – degan ekan.
Bir kuni ilonni sakkiz oyoq urgan ekan. Ilon militsiyaga borib “Meni to‘rt kishi urdi” deb yozib bergan ekan.
Ikkita turli millatdagi zoolog olimlar gaplashib qolibdi:
— Biz laqqa baliqni sigir bilan chatishtirdik. Zo‘r natija berdi. Endi sigirlarimiz ham sut, ham yog‘ berishmoqda.
— Biz esa chumolilarni tarvuz bilan chatishtirdik. Endi tarvuzni so‘ysak, danaklarini o‘zi tashqariga o‘rmalab chiqib ketishmoqda.
Ona:
— Bolam, hovlidagi chelakda sut bor edi. Shuni olib kirgin.
Bola:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib qolibdi...
Ona:
— Voy, keyin nima qilding?
Bola:
— Sichqonni tutib olsin deb, sutni ichiga mushugimizni tashladim.
Bir kuni chumoli filga bir gap aytgan ekan, fil kulaverib “ichagi uzilibdi”!
Hayvonlar chumolidan so‘rashibdi:
— Filga nima deding?
— Meni etigimni kiyib olganingni bilaman! O‘zing joyiga qo‘yib qo‘y! – debdi.
Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!