Hayvonot haqida latifalar

O‘rmonda katta bayram! Hamma hayvonlar xursand yuribdi, ayniqsa ayiq.
Chunki Masha turmushga chiqib ketayotgan ekan!
O‘rmonda ovchilar o‘ra kavlab ketishgan ekan. O‘raga bo‘ri, tulki va cho‘chqa tushib qolibdi.
Tulki cho‘chqaga qarab, ichida debdi: “Go‘sht bor. Qorin to‘ydirsam bo‘ladi. Bir necha kun yashayman”.
Bo‘ri tulki va cho‘chqaga qarab ichida debdi: “Go‘sht bor, suhbatdosh bor. Mazza qilib yashasam bo‘ladi.”
Cho‘chqa ikkalasiga qarab:
— Zerikib qolasizlar. Qo‘yshiq kuylab bersam bo‘ladimi? – debdi.
Bo‘ri va tulki:
— Yaxshi bo‘lardi, - deyishibdi.
Cho‘chqa ovozi boricha baqirib qo‘shiq ayta boshlabdi. Bir zumda ovchilar yetib kelishibdi.
Bo‘ri va tulkini o‘ldirishga shaylanib turishsa, bo‘ri ichida o‘ziga-o‘zi dermish:
“Qorin to‘ydirib, gaplashib yotaversam bo‘lmasmidi. O‘yin-kulgiga balo bormidi...!”
Fermada yashaydigan sigir buqani sevib qolibdi.
Buqaga chiroyli ko‘rinish uchun ozaman deb ovqat yemay qo‘yibdi.
Buni ko‘rgan ferma egasi sigirni qassobga topshirib yuborgan ekan.
Bir ayol mushugini sotish uchun olx.uz ga e’lon joylashtiribdi:
"Sog‘lom, chiroyli, aqlli, egasiga vafodor mushuk sotiladi. Beshinchi martta sotyapman!"

Do‘kon sotuvchisini yoniga har kuni bir kuchuk og‘zida xalta ko‘tarib kirarkan. Sotuvchi xaltani ichidan pulni olib, xaltaga nonni solib, yana kuchukka bersa, kuchuk uyga non olib ketarkan.
Kunlarni birida sotuvchi kuchukni orqasidan borib, qayerda yashashini ko‘rmoqchi bo‘libdi. kuchuk bir eshikni qo‘ng‘irog‘ini chalsa, ichkaridan egasi chiqib kuchukni ushirayotganmish.
Sotuvchi:
— Nega urishasiz? Axir bu eng aqlli kuchuk-ku! - desa, egasi:
— Men bunga nechi martta aytganman, meni ovora qilmasdan uyni kalitini olib yurgin deb... - debdi.

Bo‘ri yo‘lda ketayotsa, yelkasini burga chaqibdi.
Bo‘ri yelkasidan burgani olib:
— Agar yana meni chaqsang piyoda ketasan, - degan ekan.

Kurka tovuq 4 ta xo‘roz va 1 ta indyuk jo‘ja ochibdi. Buni ko‘rgan xo‘roz tovuqni xiyonatda ayblab katakdan chiqib ketib qoligan ekan.

— Allo, hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha. Nima gap?
— Bu yoqqa odam yuborsangiz. Hovlidagi daraxtga pochtachi chiqib olibdi. Pastdagi itni haqorat qilyapti.
Fermada yashaydigan tovuq 5 kilogram keladigan tuxum qo‘yibdi.
Jurnalistlar tovuqdan so‘rashibdi:
— Bunga qanday erishdingiz?
Tovuq:
— Bu sir! - debdi.
Jurnalistlar yana so‘rabdi:
— Kelajakdagi rejangiz qanday?
— 7 kilogramlik tuxum qo‘yish, - debdi tovuq.
Jurnalistlar xo‘rozni yoniga kelishibdi:
— Sizni rejalaringiz qanday?
Xo‘roz debdi:
— Fermadan tuyaqushni tezroq yo‘qotmoqchiman!
Oq ayiq o‘rmonda ketayotsa, yo‘lidan "ko‘cha ko‘rgan" eshak chiqib qoldi. Eshakdan so‘rabdi:
— Hoy eshak, shimoliy qutbga qanday borsa bo‘ladi?
— Bilmadim. Biroz kutib tur, og‘aynilarimdan so‘rab kelay, debdi eshak.
Birozdan so‘ng u bir to‘da eshaklarni yetaklab kelib, oq ayiqqa, — Shimoliy qutb qayerdaligini bilmadim-u, lekin mani eshak deganing uchun endi javob berasan, - debdi.