Oila haqida latifalar

Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko‘rdingmi?
Xotini:
— Yo‘q. Qo‘shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.
Kecha erim bilan urishib qolib unga:
– Eng kerakli narsalaringizni oling-da, uydan yo‘qoling! – deb baqirsam, erim chemodanini ochib, yonimga kelib meni chemodanni ichiga sola boshladi. Qanday qilib uni kechirmay bo‘ladi...?!
Ishdan xursand bo‘lib qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nega bugun xursandsiz?
— Meni ishdan bo‘shatishdi, - debdi er.
— Axir buni nimasiga xursand bo‘lyapsiz?
— Qolganlarni qamashdi-da xotin..., - dermish eri.
Xotin oshxonada tushlik tayyorlab tursa, eri divanda gazeta o‘qiy boshlabdi:
— Olimlarni aniqlashlaricha, erkaklar bir kunda 10 ming, ayollar esa 20 mingta so‘z aytishar ekan.
Xotini:
— Chunki biz ayollar tentak erlarimizga bitta gapni ikki martta takrorlashimiz kerak-da...
Eri:
— Nima deysan xotin???
Ishga ketayotgan er xotiniga debdi:
— Mayli, men ketdim. Bugun kech qaytaman.
Xotini bo‘lsa eriga:
— Aniq kech kelasizmi??? - dermish.
Xotin eriga:
— Ovqatlanib oldingizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa, xotinining jig‘iga tegib:
— "Ovqatlanib oldingizmi?" – debdi.
Xotin:
— Jig‘imga tegavermang?! – desa,
Eri yana:
— "Jig‘imga tegavermang?!" – deb, javob qaytaribdi.
Shunda xotin:
— Seni juda-yam sevaman. Tug‘ilgan kuningga tilla zanjir sovg‘a qilmoqchiman! – desa,
Eri:
— Ha. Ovqatlanib olganman... – dermish.
Er xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Xotin, qayerlarda bo‘lishni orzu qilar eding? Dengiz bo‘yidami yoki bahavo o‘rmonzorlardami? – deb so‘rabdi.
Quvonchi ichiga sig‘magan xotini:
— Albatta dengiz bo‘yida, dadasi! Sayohatga yo‘llanma olyapsizmi? – desa,
— Yo‘g‘-e, xojatxona uchun osvejitel tanlayapman, – dermish.
Bir odam sehrli chiroq topib olibdi ichidan jin chiqib tila tilagingni, - desa.
— Er bo‘lish jonga tegdi ertalabdan kechgacha eshakday ishlaysan xotinim uyda mazza qilib o‘tiradi mani ishlaganimni ko‘rmiydi qadrimga yetmiydi. Kel meni xotinimni o‘rniga, xotinimni mani o‘rnimga almashtirib qo‘y bir qadrimga yetsin, - debdi.
Jin:
— Xo‘p, bo‘ladi, - debdi.
Ertalab turib qarasa xotini bilan joyi almashib qolibdi. Xotini ishga ketibdi.
Akamiz esa ertalabdan hovli supuribdi, kir yuvibdi, bollarni bog‘chaga oborib olib kelibdi. Ovqat qilibdi, uni ustiga xotini ishdan kelib akamizdan ayb topib urishibdi. Shu tarzda bir oy o‘tibdi. Oxiri joniga tegib Jinga aytibdi:
— Jin, meni o‘z xolimga qaytar. Xotinlarga ham oson emas ekan, - desa.
— Jin bu xali xolva, buni iloji yo‘q endi, kech debdi,
Akamiz:
— Iyeye, nega iloji yo‘q? Nega kech? - desa.
Jin akamizga qarab:
— Siz homiladorsiz, - dermish.
Xotin eriga:
— Azizim, bugun ajoyib tush ko‘ribman!
— Qanaqa tush ekan?
— Tushimda siz menga bir dona olma berganmushsiz...
— Buni nimasi ajoyib?!
— O‘sha olma-chi tishlangan ekan...
— Tishlangan olma ko‘rsang ham, senga Apple telefonini olib berolmayman!
— Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...!