Oila haqida latifalar

O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
— Allo, adasi, qayerdasiz?
— Bekatda, avtobus kutyapman...
— Tezroq keling!
— Xo‘p, sal tezrok kutaman!
Chol kampiriga ovqat qilishini tayinlab, o‘zi hovlida yong‘oq chaqib o‘tirsa, bir yong‘oq puch chiqib qolibdi. Puch yong‘oqni olib, “Hozir kampirimni oldiga borib, mana bu yong‘oq seni miyangga o‘xshab puch ekan deb boplayman”, deb kampirini oldiga kiribdi.
Kampiri so‘ligan sholg‘omni qiynalib archayotganini ko‘rgan chol jimgina ortiga qaytgan ekan...
— Azizam, men olamdan o‘tsam, yig‘lab o‘tirmagin. Turmushga chiqgin...
— Bas qiling! Ovqat yoqmagan bo‘lsa yemay qo‘yaqoling.
Bir o‘zbek qiz koreys yigitni sevib qolibdi. Unga turmushga chiqmoqchi bo‘lib, yigitni yuz martta suvga tiqib olibdi-da, - endi o‘zbek bo‘ldingiz. Bundan keyin kuchuk go‘shtini yemaysiz. Siz musulmon bo‘ldingiz, - debdi.
Yigit:
— Xo‘p, - debdi.
Qizni uyida kuchukchasi bor edi. Kunlarni birida qiz ishdan kelib qarasa, yigit kuchukchani so‘yib yeb o‘tirganmush.
— Axir kuchuk go‘shti yemaslikka so‘z begandingizku.
— Qo‘y go‘shti bu!
— Qanakasiga qo‘y bo‘lsin? Chapaku!
— Men uni yuz martta suvga botirib oldim. Qo‘y bo‘ldi-da!
— Dadasi, yaqinda bolalar maktabga chiqishadi. Barcha zarur narsalarni ro‘yxatini tuzib chiqdim. O‘qiymi?
— Yo‘q, shoshma! Oldin valeriankamni olib chiq.
Yosh bolakay ko‘chada xafa bo‘lib o‘tirsa, bir otaxon uni ko‘rib to‘xtabdi-da so‘rabdi:
— Nega xafasan bolam?
— Uyda oyim bilan adam janjallashishyapti. Adam oyimni “Sen filsan!” desa, oyim adamga “Maymun” deb baqiryapti. Ota-onam fil va maymun bo‘lishsa, men unda kimman? – degan ekan bolakay.
Xotin eriga:
— Azizim, uzun sochlarimni kestirib, kalta turmak qilmoqchiman.
— Nega? O‘zi yaxshi-ku!
— Axir boshimga o‘zgartirish kiritish kerak-ku!
— Boshingni o‘zgartirmoqchi ekansan, kitob o‘qishni boshla!
Xotin eriga:
— Adasi meni haliyam sevasizmi? - depti.
Eri:
— Xotinjon, sen-simkartasan, men-telefon. Telefon sim kartasiz ishlamaydi.
Xotin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, oshxonaga chiqib kesa, eri:
— Bechora xotin sodda-da! Hozirgi telefonlarga ikkita sim karta tushishini bilmidi-da, - dermish.
Xotin:
— Dadasi, doktorga borgandim. U menga Antaliyagami, Malayziyagami yoki Dubaygami borib, suv bo‘yida dam olishimni buyurdi. Qayerga boramiz?
Er:
— Boshqa doktorga!