Oila haqida latifalar

— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o‘girilib:
— Ko‘rdingmi? Bolayam hayron..
Ikki og‘a-ini suhbatlashmoqda:
— Eshitishim-cha xotining mashinasini urib olganmish...?!
— Ha.
— O‘zi-chi, tirikmi ishqilib?
— Hozircha tirik..., Hammomda, berkinib o‘tiribdi...
Biznesmendan qanday qilib millioner bo‘lganini so‘rashdi.
— Xotinim tufayli.
— Qanaqasiga?
— Qancha pul topganimda xoti­nim pul yo‘qligidan nolishni to‘x­tatishini bilmoqchi edim...
Erkak do‘stiga dedi:
— Kecha kechqurun kelayotsam, yo‘l chetida qurbaqa yotibdi. Rahmim kelib uyga olib keldim. Uxlashga yotayotib uni yonimga yotqizdim. Ertalab uyg‘onsam qurbaqa malikaga aylanib qolibdi. Ishonasanmi do‘stim?
— Ha ishonaman.
— Negadir xotinim ishonmayapti.
— Menda-yam shunaqa bo‘lgandi-da...
Xotin eriga debdi:
— Dadasi, polni tuzatib bering.
Eri:
— Men senga ustamidim?! - debdi.
Xotini yana:
— Tandirni suvab bering, - desa er:
— Men senga suvoqchimanmi?!
— Chiroqni tuzatib bering.
— Elektrikmanmi?! - deb ishga ketibdi er.
Kechqurun ishdan qaytsa, hamma ishlar qilingan.
— Kim suvadi? Kim chiroqlarni tuzatib qo‘ydi? - desa, xotini:
— Qo‘shnimiz Alijon aka, - debdi.
— Nechi pul oldi? - so‘rabdi eri.
Xotini:
— Pul olmadi. Xursand qilsangiz bo‘ldi dedi, - debdi.
Shunda eri:
— Qaysi ashulani aytib xursand qilding? - deb so‘rasa, xotini:
— Men sizga ashulachimidim?! - dermish.
Do‘konga kirgan mijoz sotuvchiga debdi:
— Kecha sizlardan ayollar paltosini sotib olgan edim. Xotinimga yoqmadi. Almashtirib bersangiz...
Sotuvchi hayron qolib:
— Bo‘lishi mumkin emas! Axir bu ajoyib palto-ku! Balki paltoni emas, xotinni almashtirarsiz?!
— Azizim, tushimda menga tilla uzuk sovg‘a qilganmushsiz...
— Aytganlarimni qilib, yaxshi bo‘lib yursang, yaqinda tilla bilakuzuk ham sovg‘a qilaman, tushingda!
Xotin eriga:
— Hoy dadasi, o‘g‘lingizga ayting, internetni yig‘ishtirsin! Darsini qilsin!
— Onasi, o‘zing ayt! O‘g‘ling meni "chyornыy"ga kiritib qo‘ygan.
— Azizim men chiroylimanmi?
— Ha, chiroylisan!
— Meni sevasizmi?
— Ha, sevaman!
— Unda ichishni tashlasangizchi?
— Unda ko‘zimga yalmog‘izdek ko‘rinasanda, - dermish
Er xotiniga:
— Bitta ber, - debdi.
Xotini:
— Yo‘o‘o‘o‘o‘q!
— Kel jonim iltimos, bo‘lmay ketyapman...
— Yo‘q dedim, xozir berdimku?
— Yana bitta ber, keyin uxlaymiz.
— Uff, voyeyey, ammo bezor qivordiz, hozir bersam keyin so‘ramaysizmi???
— Yo‘q jonim, bo‘ldi oxirgisi, bugunga yetadi...
Xotin:
— Ana tokchada turibdi, bitta oling, sanab qo‘yganman, - desa.
Er:
— Tavba, endi sigaretniyam so‘rab cheksam, bu qanaqa zamon bo‘ldi!?, - dermish.