Oila haqida latifalar

Xotin eriga dedi:
— Azizim, sizni telefoningizdan dugonamga qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi? O‘zimnikida pul qolmabdi.
Eri:
— Mayli, qilaver!
Xotini dugonasini raqamini tersa, go‘shakni u tomonidan javob kelibdi:
— Allo, bormisiz jonim...
— Oyi, menga kimni miyasi qo‘yilgan?
— Adangni miyasi, bolam!
— Nega sizniki emas?
— Menda miya bo‘lganida, adangga turmushga chiqarmidim?!
Kunlarning birida Afandi xotiniga dedi:
— Men majlisga boraman, kech qolsam kerak, darvozani berkitib yotaveringlar.
— Yaxshi, siz kelguncha zerikib o‘tirmay teatrga bora qolaman, - dedi xotini.
— Nima, teatrga? Kim bilan?
— Albatta majlisga bormagan odam bilan-da!
Bir yigit millionerning qiziga uylanib boyib ketibdi. Uning uyiga bolalikda birga o‘sgan do‘sti mehmonga kelibdi. Xotini choy damlashga chiqib ketgan paytda:
— Og‘ayni bu qizga nega uylanding? Bunchalik xunuk qiz bo‘lmasa, ko‘ziyam g‘ilay, yurishi ham neto, uning ustiga duduq ham ekan, - deb shivirlab past ovozda gapirsa...
— Shivirlamay qattiqroq gapiraver, baribir eshitmaydi, - dermish
Bir odam sigirini sotmoqchi bo‘lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so‘rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog‘ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo‘q, sigirni xotinim sog‘adi.
Er-xotin dam olgani sayyohatga chiqishmoqchi bo‘lishibdi. Eri uch kun oldin borib, joy band qilib, keyin xotinini chaqirishini aytib jo‘nab ketibdi. Borib joylashib olibdi-da, internetdan xotiniga xat yozvaribdi. Lekin eri yozgan xat yanglishib, hozirgina erini ko‘mib kegan xotinning pochtasiga kelib tushibdi.
Azador ayol chalg‘ish uchun pochtasiga kirib xatni o‘qibdi-yu, hushidan ketib yiqilibdi. Monitorda esa quyidagi matn turardi:
"Salom azizam! Mensiz zerikib qolmadinmi? Kelib joylashib oldim. Bu yerda internet juda yaxshi ishlar ekan. Sharoitlar zo‘r! Lekin sensiz tatimayapti. Senga ham joy buyurtirib qo‘ydim. Tezroq kelaqol!”.
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatyapti:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
Bolakay maktabdan kelib dadasidan so‘radi:
— Dada,siz ham muallimani sevib qolganmisiz?
— Ha!
— Keyin-chi, keyin nima bo‘lgan?
— Keyinmi? Keyin oying seni boshqa maktabga o‘tkazib qo‘ygan!
Bir ayolni uyiga dugonasi mehmonga kelibdi.
Haliga ayol kichkina o‘g‘liga:
— Bolam, xolajoningni o‘pib qo‘ymaysanmi? – desa, bolakay:
— Yo‘q, - debdi.
— Nega o‘g‘lim? – deb so‘rabdi onasi.
Bolakay:
— Hozir adam o‘pib qo‘ygan edilar, xoladan shapaloq yeb oldilar, - dermish.
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.