Oila haqida latifalar

Yangi sotilayotgan telefon ekranlarida ham sigaret qutilaridek yozuvlar bo‘lishi kerak:
"Ko‘zingni nuridan ayrilasan!", "Bosh miya saratoniga olib keladi", "Rulda bo‘lsang, avariyaga uchraysan", "Xotining bilan janjallashib qolasan" va hakozo.
Onasi qiziga maslahat bermoqchi bo‘libdi:
— Qizim, ishxonangdagi Qodirjon degan yigitni ko‘zda qochirmagin...
— Oyi, nimalar deyapsiz?! Men 20 yoshdaman, u esa 40 da-ku!
— Nima bo‘pti!? Ammo uni 2 ta uyi, mashinalari, kattagina biznesi bor!
— Bundan tashqari oyijon, uni 4 ta bolasi, 3 ta xotini va 2 martta sudlanganligi ham bor!
Bir harbiy odam uyiga kelsa, xotini nolibdi:
"Bugun kun bo‘yi biror martta o‘tirmadim. Faqat tik oyoqda bo‘ldim..."
Buni eshitgan er xotiniga debdi: "50 marotaba o‘tirib-turilsin!"
Er uyga go‘sht olib kelsa xotini debdi:
— Rosa yaxshi go‘sht ekan. Uyni mantisidan qilib beraymi, bozornikiday manti bo‘lsinmi?
Er:
— Nima farqi bor?
Xotin:
— Bozorni mantisi bo‘lsa, olib kelgan go‘shtingizni butunligicha sovutgichga solib qo‘yay, uyni mantisidan bo‘lsa bugun go‘sht tugaydi-da adasi.
Ayollarni mehmonga ketayotgan vaqtida "5 daqiqada tayyor bo‘laman" degan gapi erkaklarni "5 daqiqada uyda bo‘laman" degan gapi bilan bir xil.
Kun issiq! Oshxonada yarim kunimni chuchvara tugishga sarflasam-u, erim ishdan kelib, chuchvaralarni yeb "Boshqa bunaqasidan sotib olmagin!" desa odamga alam qilarkan.
Er-xotinlar uchun maslahat:
"Uzoq umr ko‘raylik desangiz, ko‘proq meva yeng, bir-biringizni emas!"
Er-xotin televizorda qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tiribdi.
Ekranda mahluq paydo bo‘pti.
— Voy, oyijon! - deb xotini baqirsa, eri:
— Taniding-a! - debdi.
Agar qiz bola senga turmushga chiqishga osonlik bilan rozi bo‘lgan bo‘lsa, demak u osonlikcha ajrashadigan qiz emas.
Ko‘chada 3 ta bola bahslashib turgan ekan:
Birinchisi debdi:⠀
— Mening pochcham eng boy odam . Opamga 3 ta uy, 2 ta dalahovli, 5 mashina olib berganlar-u, lekin opamni o‘zlari bilan olib ketganlar.
Ikkinchisi debdi: ⠀
— Mening pochcham ham milliarder. Opamni oltin-u, zar bilan bezaganlar. Nima desalar bir zumda muhayyo qiladilar. Lekin to‘g‘ri, mening ham opamni olib ketganlar.
Uchinchisi bo‘lsa bularni hammasini eshitib debdi:⠀
— Mening pochcham boy emaslar. Lekin pochcham opamni olib ketmaganlar. Aksincha, biz pochchamni olib kelganmiz.