Ovqatlanish haqida latifalar

Bir erkak hushtori bilan restoranda o‘tirsa, yoniga bitta odam kelib:
— Ayolingiz bilan raqsga tushsam maylimi?,- debdi.
— Yo‘q, biz hali sharob ichmadik, - debdi boyagi erkak.
— Kechirasiz, ayolingizni raqsga taklif etsam maylimi?, - debdi yana.
— Yo‘q, biz hali ovqatlanmadik, - deb javob beribdi.
Shunda ayol o‘rnidan turib:
— Nega undan so‘raysiz? O‘zimdan so‘rang!, - desa, ikkala kishi ham baravariga:
— Erkaklar gaplashayotganida sen jim tur!!!, - dermish.
— Do‘stim bilasanmi? Koreyslar bilan avtoinspektor xodimlarining o‘xshash tarafi nimada?
— Bilmadim. Nima ekan?
— Ikkalasi ham tayoqchada ovqatlanishadi.
Ikkita turist o‘rmonda aylanib yursa, oldidan bahaybat ayiq chiqib quvlab ketibdi. Qo‘rqqanidan qochib ketayotgan turistlar, o‘rmonda ziyofat qilib o‘tirgan o‘zbek yigitlarini dasturxonini vayron qilib o‘tib ketishibdi. Shunda o‘zbeklardan biri turistlarni quvlab ketibdi. Ularga yetib olib, bir mushtdan tushirib qaytib kelsa, boshqa o‘zbek so‘rabdi:
— Qani ular?
— Urib keldim. O‘zi nimadan qochishdi?
— Nimadan qochishganini bilmadim-u, lekin anavi jigarrang, katta sherigi ham bor ekan. Kaltakka chidar ekan, zo‘rg‘a yiqitdim, - dermish.
Uzoq yo‘lga yuradigan yuk mashinasi o‘tirgan haydovchi kosachadan ovqat yeyayotgan ekan, yonidan kuchuk o‘tib ketayotib:
— Salom og‘ayni! - debdi.
Haydovchini jahli chiqib:
— Qanaqasiga senga og‘ayni bo‘lay!? - desa,
— Kichkina uychada yashaysan, kosachadan ovqat yeyapsan, xo‘jayning ham bor bo‘lsa kerak...?! - degan ekan kuchuk.
Xotin eriga debdi:
— Adasi, ishdan qaytishingizga somsa va palov pishirdim, yeysizmi?
Er:
— Albatta, kun bo‘yi faqat shular haqida o‘yladim...
Xotin:
— Men haqimda-chi?!
Er:
— Albatta seni ham esladim. Axir somsa va palovni sen pishirasan-ku!
Bir kuni jinnixona boshlig‘i jinnilarni sinash uchun hammasiga bo‘sh likopcha berib:
— Ovqatinglarni yeb olinglar, - debdi.
Hamma jinnilar lipopchani taqillatib ovqatlanayotgan harakat qilaverishibdi.
Faqat bittasi yemasdan o‘tirsa, boshlig‘i:
— Nega ovqatingni yemading? - desa, jinni:
— Bular jinni-da, issiq ovqatni yeyishyapti. Men sovisa yeyman, - dermish.
Bir kampir qo‘ziqorindan zaharlanib vrachga boribdi. Vrach kampirga:
— Onaxon, har narsani yeyavermang-da! – desa, kampir:
— Bolam, har narsani uvoli bor! Uvol bo‘lmasin deb yeb qo‘yaman-da, - dermish.
Uch boshli ajdar bir-biri bilan suhbatlashmoqda:
— Negadir boshim og‘riyapti...!? Kecha ichmagandim shekilli...!? – debdi bittasi.
Ikkinchisi:
— Men rosa ichgandim. Oshqozonimiz bitta-ku! - dermish.
Anchagina semirib ketgan qiz uydagilardan unga ozishga yordam berishlarini so‘rabdi.
Ertasi kuni uyg‘onib muzlatgichni yoniga kelib qarasa, oq qog‘ozga quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilgan ekan:
“Semiz qiz – oilamiz uchun sharmandalik!”