Pul-boylik haqida latifalar
— Nega yozda telpak, palto kiyib oldiz?
Afandi:
— Bolam yanvar oyidagi pensiyamga keldim, - dermish
— O‘rtoq sudya, sizdayam to‘rtta dalahovli, beshta hovli, oltita kvartira va o‘nta mashina bor. Aytinchi, siz poraxo‘rmisiz?
— Ishontirdingiz. Aybsiz! Ozod etilsin!
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho‘ntagiga yuz mingni solib qo‘yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo‘q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".
— Bu pullarni nimaga sarflamoqchisiz?
— Qarzlarimni to‘layman.
— Qolganlarichi?
— Qolganlari kutib turishadi...
Er:
— Ha onajonisi, bu romantika nimani belgisi? - desa, xotin:
— Bu romantik ujin svetdan qarzimizni belgisi, - degan ekan.
— Men maktabni hech qayerini buzmadim-ku!?
Kambag‘al qo‘shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o‘tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko‘rgan boy yugurib chiqib qo‘shnisiga:
— Shu ko‘zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag‘al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko‘zani unga beribdi.
Boy xursand bo‘lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko‘zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo‘q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.