Qoshnilar haqida latifalar

Ikki qo‘shni ayol suhbatlashyapti:
— Ovqat qilish uchun erimni kartoshkaga jo‘natsam ko‘chada mashina urib ketibdi.
— Voy, endi nima qilasiz?
— Endi tuxum qovurib qo‘ya qolaman.
Ikki qo‘shni suhbatidan:
— Qo‘shni ertalab uyingizdan vrach chiqib ketayotgan ekan, nima tobingiz yo‘qmi?
— Har kuni ertalab uyingizdan bitta polkovnik chiqib ketadi, men urush bo‘layapdimi deb so‘rayotganim yo‘q-ku!
Bir odamning qo‘shnisi qazo qilibdi. Sherigi bilan qo‘shnisiga qabr kovlagani borishibdi. Navbat bilan kovlay boshlabdi. Oxiri sherigi tushibdi-da, kovlab bo‘gandan keyin:
— Uf-f, charchadim, - deb o‘tirib olibdi.
— Chiq! - desa,
— Odam charchagandan keyin go‘rdanam chiqgisi kelmay qolar ekan, - dermish.
Yosh yigit qo‘shni qizga murojat qilibdi:
— Yaxshi qiz, sizni dastingizdan tunlari uxlay olmayapman...Tuni bilan mijja qoqmayman... Ko‘zimga uyqu kelmayapti...
Qiz yigitni ko‘zlariga qaray olmasdan, uyalib, yerga boqib debdi:
— Yaxshisi bu gapni meni otamga ayting. Meni qo‘limdan nima ham kelardi... Otam bilan gaplashganingiz ma’qul. Hammasini otam hal qiladilar. Axir tuni bilan magnitafonni adam baland qilib eshityaptilar-ku...
Bir kuni Afandinikiga yon qo‘shnisi kirib qolibdi. Afandi:
— E, keling, keling qo‘shni.
Qo‘shni:
— Keldik qo‘shni.
— Tinchlikmi o‘zi? Kecha tunda "gurs-s-s" etgan ovoz eshitildi.
Afandi:
— Ha umi kecha tomda yotgandim, choponim pastga tushib ketdi.
Qo‘shni:
— E, qo‘ying-e, chopon tushib ketsa bunchalik ovoz chiqmaydi-ku.
Afandi:
— Gap shundaki, shu choponning ichida o‘zim ham bor edim-da, - dermish.
Xotinjon, meni kechir. Senga ko‘p azob berdim. Mendan rozi bo‘l.
Xotin:
— Roziman dadasi, roziman!
Er:
— Ayniqsa bir voqeani senga aytmasam bo‘lmaydi. Qo‘shnimiz Oysanam borku? O‘sha bilan yurardim — desa.
Xotini:
— Bilaman dadasi, bilaman! Shuning uchunam sizga zahar berdimda — dermish.
— O‘rtoq advokat, qo‘shnim meni "semiz ahmoq" - deb haqorat qildi, nima qilay?
— Parhez qiling.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Menga erga tegishni taklif qilishdi...
— Zo‘r-ku! Qaysi yigit?
— Yigitmas! Qo‘shnilarim...
Mohirbek bilan Mansurbek uyini ta’mirlashayotgan ekan, qo‘shnisi kirib kelibdi. Mohirbek sekingina Mansurbekni qulog‘iga:
— Qarab tur, yana biror asbobni so‘rab chiqqan, - debdi pichirlab.
— Sen yo‘q degin, - dyebdi Mansurbek.
Qo‘shnisi ularga qarab:
— Hormanglar! Bugun sizlarga arrangiz kerak bo‘ladimi?, - desa, Mohirbek:
— Ha, kechgacha faqat arrani ishlatamiz, - debdi qat’iy ohangda.
Qo‘shnisi xursand bo‘lib:
— Juda yaxshi-da! Unday bo‘lsa, bolg‘angizni olib turar ekanman-da bugun, - dermish.
Bir g‘iybatchi qo‘shnisini ko‘chada uchratib qolib debdi:
— Hoy qo‘shni, yangi iPhone olibsizmi?
— Ha!
— Shuni, Facebookda yoki Telegramda xabar qilib yurmay, menga aytsangiz bo‘ldi edi. Hammaga bir zumda tarqatib chiqardim...