Qoshnilar haqida latifalar

Qo‘shni ayolning “Erimdan ko‘ra o‘g‘limni ko‘proq yaxshi ko‘raman!” degan gapini eshitib ensam qotadi...
Ishi chiqib qolsa, o‘g‘lini yetaklab chiqib, “Qarab turing” deb tashlab ketadi-yu, erini tashlab ketolmaydi.
Afandi eshigi oldidagi supachada talqon yeb o‘tirardi. Endi talqonni og‘izga solaman deganda shamol esib, talqonni uchirib yuboribdi. Og‘izga hech narsa tushmabdi. Shu holat 2-3 marta takrorlanibdi. Qo‘shnisi devordan mo‘ralab:
— Hoy qo‘shni nima yeyapsiz? – desa, afandi:
— Shamol to‘xtamasa, hech narsa! – dermish.
Bir kuni Afandi eshagini yo‘qotib qo‘yib, militsiyaga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Allo, men eshagimni yo‘qotib qo‘ydim!
— Ko‘rinishi qanaqa edi? - debdi go‘shakdagi xodim.
— Ko‘rinishi huddi qo‘shnim Eshmatni o‘zginasi edi, - debdi Afandi.
70 ga kirgan ammamga telefon qildim:
— Tashqariga chiqmang-a amma!
— Yo‘q, chiqmayapman.
— Nima qilyapsiz?
— O‘tiribmiz, qo‘shnilar o‘zlari kirishdi. Zumrad xolang, Holida xolang bor yana 3-4 tasi gaplashib o‘tiribmiz.
— E, amma kasal yuqadi. To‘planish kerakmas. Nimaga unaqa qilasizlar amma?
— Havotir olma jiyan. Bitta maska olvoganmiz. Kim gapirsa, o‘sha taqib gapiryapti.
Tergov xonasida ayblanuvchiga savol berishmoqda:
— Nima uchun suvarak dorisi bilan qo‘shnilaringizni ham zaharladingiz? Qo‘shnilar sizga nima yomonlik qilgan?
Ayblanuvchi:
— Hech nima qilishmagan. Dori qutisini ustiga "Suvaraklarni qo‘shnilar bilan birga zaharlaganingiz ma’qul" deb yozilgan ekan.
Ikki qo‘shni liftda:
— Durdona, seni judayam sevaman!
— Imron-aka tinchlikmi? Oldinlari bunday tuyg‘ularingiz haqida hech etmas edingiz.
— GreenCard 2020 yutib olishingni bilmasdim-da.
— Eshitdingmi? Qo‘shnimizni xotini ketib qolibdi.
— Yo‘g‘-ye?! Qo‘shni yaxshimikin? Nima ahvolda ekan hozir?
— Boshida xursandchilikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Hozir oz bo‘lsa-yam xursandchiligi tarqadi shekilli sal o‘ziga kelib qoldi.
Bir ayol dugonasiga:
— Voy dugon, ko‘zinlaringga nima bo‘ldi, qizarib ketibdi?
— Kecha qo‘shnimiznikida janjal bo‘layotgan edi. Men qulf tirqishidan qarab turuvdim, ichkaridan kimdir ko‘zimga barmog‘ini tiqib oldi.
— Unda ikkinchi ko‘zing nimaga qizil?
— Ikkinchi ko‘zim bilan kim barmog‘ini tiqqanini ko‘rmoqchi edim.
Afandini yaxshi ko‘rgan iti o‘lib qolibdi.
Qo‘shnilari afandini masxara qilib, darvozasi yonidan o‘tib ketayotib:
— Ha afandi, itingiz o‘lib xafa bo‘lmay o‘tiribsizmi? - deyishsa, afandi:
— Kiringlar! Do‘stingiz o‘tgan joylar, biroz xotirlab ketasizlar, - degan ekan.
— Qo‘shnimiz nimaga buncha baqiriyapti?
— Tishi chiqyapti...
— Tishi? Axir uning yoshi 60 dan oshganku?
— Tanglay tishi... Kecha bexosdan yutib yuboribdi...