Qoshnilar haqida latifalar

Bir kishi qo‘shnisini darvozasini taqillatib uzoq turibdi. Hech kim ochmabdi.
Birozdan keyin uydan kuchuk chiqib kelibdi-da:
— Ko‘rmayapsanmi, uyda hech kim yo‘q! - debdi.
Haligi odam hushidan ketib qolibdi. O‘ziga kelib qarasa, kuchuk haliyam turgan ekan.
— Sen gapirasanmi? Boshqa kuchuklarga o‘xshab vovullashni bilmaysanmi? - desa, kuchuk:
— Bilaman. Seni qo‘rqitgim kelmadi-da, - dermish.
— Meni qo‘shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...⠀
Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!
Qimmatbaho mo‘ynali palto sotib olgan ayol sotuvchidan so‘rayapti:
— Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim.
— Xotin, ko‘chaga chiqib olib g‘iybat qilishdan boshqa darding yo‘qmi?!
— Bor! Gaplarimni eshitadigan bekorchi qo‘shnini topish!
Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi:
— Yaxshimisiz qo‘shni? Ikki soatdan beri devorga bolg‘a bilan urayotgan sizmi?
— Ha! Uyimda remont boshlaganman.
— Siz bilan suratga tushib olsam maylimi?
— Nimaga?
— "Surbet va ablah odamning rasmi" degan yozuv bilan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish uchun.
Agar yuqorida yashaydigan qo‘shningizni uyidan suv toshib ketsa, janjallashib yurmang! Qo‘ni-qo‘shni bilan orani buzmagan yaxshi! Qo‘ni-qo‘shnichilik axir...!
Siz ham sekingina pastdagi qo‘shningizni uyiga suv toshirib yuboring va bu suv sizga tepadan tushganini ayting. Ular o‘zaro hal qilib olishadi..

Uyimni derazasidan tashqariga qarab tursam, ro‘paradagi uyni derazasidan bir ayol menga qo‘l silkitdi.
Men ham unga qo‘l silkitdim. U yana menga qarab shunday qildi.
Xotinim orqa tarafimda turgan ekan. "Nima qilyapsiz adasi?! U ayol deraza artyapti-ku!" deb qoldi.

Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi:
— Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz?
— Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi.
U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi.
Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi.
Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi.
— Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa, qo‘shnisi:
— Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!

Hurmatli ayollar!
Ko‘chaga chiqganingizda mahalladagi ayollar siz ko‘rmagan serialingiz haqida gapirib qolishsa, ulardan "ajralib" turmaslik uchun "Baribir birinchi fasli qiziqarliroq edi!" deb turavering!

— Qo‘shnilarda nima gaplar?
— Yana odatdagidek, sanksiyalar olishdi.
— Paketga solib berishdimi?