Shifokorlar haqida latifalar

Bir kuni o‘g‘il dadasiga qarab debdi: ⠀
— Dada men katta bo‘lsam yurak shifokori bo‘laman.
Dadasi debdi:
— O‘g‘lim, yurak shifokori bo‘lma tish shifokori bo‘l!
O‘g‘il:
— Nega?
Dadasi:
— Chunki yurak odamda bitta. Tish esa 32 ta debdi.
Afandi vrach bo‘lib ishlar ekan.
Bir yigitni boshi og‘rib Afandini yoniga borib debdi:
— Boshim og‘riyapti, - desa, Afandi uni orqasiga ukol qilib qo‘yibdi. Yigit:
— Nega boshim og‘risa, orqamga ukol qildingiz? – deb so‘rabdi.
Afandi:
— Shu ukol boshinggacha chiqib boradi, - dermish.
Ikki doktor gaplashyapti:
— Nega siz bemorlaringizni chala davolab, uyga javob beryapsiz?
— Axir men yarim stavkadaman-ku!
Kasalxonada yo‘lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g‘amgin holatda gap boshlabdi:
— Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o‘n yil yashashi mumkin.
Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig‘lab yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rib:
— Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach.
— Bu yerda Wi-Fi ni paroli qanaqa?
— Bemor, axir siz reanimatsiyadasiz!
— Voy, namuncha uzun parol!? Mayli, katta harflar bilan yozamanmi?
Bemor va vrach:
— Kuniga uch mahal ichsangiz tuzalib ketasiz. Tushunarlimi?
— Dorini nomini aytmadingizku doktor!?
— Dorini nima aloqasi bor?
Vrach xonasiga kirib kelgan bemordan so‘radi:
— Sizni nima bezovta qilyapti?
— Doktor, meni pulim yo‘q ekani bezovta qilyapti, - debdi bemor.
— Qanday qilib yo‘q narsa sizni bezovta qilishi mumkin? - degan ekan vrach.
Bemorni sinchiklab tekshirgan vrach bemorni o‘ziga eshittirmaydigan sekingina xotini tomonga o‘girilib:
— Bilasizmi, eringiz menga yoqmayapti, - desa, xotini ham past tovushda vrachga:
— Shuni ayting! Menga ham yoqmaydi. Lekin bolalarim uni yaxshi ko‘radi-da! – debdi.
Tez yordamda ishlovchi vrachning shiori:
Qanchalik kech yetib borsang, shunchalik diagnoz aniq bo‘ladi!
— Doktor,chap oyog‘im juda zirqirab og‘riyapti.
— Yosh tufayli bo‘lsa kerakda?!
— Ha, lekin o‘ng oyog‘im bilan tengdosh bo‘lsayam og‘rimayaptida...