Sport haqida latifalar

— Kecha xotinim naqd farishtaning o‘zginasi aylandi...!
— Qanaqasiga?
— Futbol o‘yinini finali boshlanishiga 5 daqiqa qolganida uxlab qoldi.
Messidan bir oʻzbek jurnalisti intervyu olibdi:
— Nega siz kutilmaganda bizning futbol jamoamizga oʻtdingiz?
Messi javob beribdi:
— Bu yerda yaxshi ekan! Koptokni xohlagan tarafga tepsa boʻlarkan...
Bir o‘zbek futbolchimizdan so‘rashibdi:
— Nega o‘yin vaqtida buncha ko‘p gapirasiz?
U debdi:
— O‘yinchilarimiz chet tilini bilmaydi. Shuning uchun raqiblarimiz qanday taktika qo‘llab o‘ynayotganini ularga tushuntiraman.
Futbolchilar maydonga mamlakatni shon-sharafini himoyalaymiz deya baland parvoz gap bilan chiqishdi, aslida esa oddiygina futbol o‘ynasalar yetardi.
— Sevinch bilasanmi, futbol tomosha qilganimda — dunyodagi barcha narsalarni unutaman...
— Mani ismim Nargiza.
Suv ostida uzoq vaqt turib bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilibdi.
Amerikalik sportchi suv ostida 5 daqiqa turibdi. “Muvafaqqiyatimning siri doimiy mashg‘ulotlarda!” deb maqtanibdi.
2-bo‘lib yaponiyalik sportchi suv ostiga kirib ketib, 10 daqiqada chiqibdi. “Bunchalik uzoq suv ostida qolishimning sababi aqlim va qobiliyatimda!” deb intervyu beribdi.
3-navbat o‘zbek sportchisiga berilibdi. O‘zbek sportchi suvga kalla tashlagan ekan hamma sanay boshlabdi. 5 daqiqa, 10 daqiqa, 15 daqiqa, ... 30 daqiqa deganda chiqib kelibdi. Jurnalistlar yugurib kelib so‘rashibdi:
— Qanday qilib...? Qanaqasiga...? Bunchalik uzoq tura olasiz deb hech kim o‘ylamagan edi... – deyishsa, o‘zbekistonlik sportchi:
— O‘zim ham o‘ylamagandim. Suv tagida kiyimim bir nimaga ilinib qolmaganda allaqachon chiqardim, - degan ekan.
Ikki futbol muhlisining suhbati:
— Bilasanmi, bokschilarimiz zo‘rda! Hech kim ularni yenga olmaydi. Ularni futbol maydoniga tushirsakmikan?!
— Ahmoqmisan? Ular futbol o‘ynashni bilmaydiku!?
— Nima farqi bor? Futbolchilarimiz ham bilmaydi...
Alpinistlar tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilishyapti. Alpinistlardan biri to‘satdan pastga qulabdi.
— Og‘ayni tirikmisan?
— Ha, tirikman.
— Hech qayering lat yemadimi?
— Yo‘q, hali lat yemadi.
— Unday bo‘lsa tepaga ko‘taril.
— Ko‘tarila olmayman.
— Nega?
— Chunki men haliyam qulayapman...!
Yosh bo‘lsa ham haqiqatni biladi.
— Bolakay, sen katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?
— Katta bo‘lsam, katta bo‘lsam-chi... Albatta butun dunyoni aylanib chiqaman. Hamma davlatlarni ko‘rib, sayyohat qilib yuraman. Ko‘p mashinalarim, millionlab muxlislarim bo‘ladi. Hech qanday ish qilmasam ham katta oylikni olaveraman-olaveraman...
Men katta bo‘lsam – futbolchi bo‘laman!!!
Ertalab ko‘chaga chiqib qarasam, odamlar yugurib yurishibdi. Semiz odamlar yugurib ketishmoqda. Go‘yoki, “semizlik”dan qochib ketayotishgandek...