Sport haqida latifalar

Ikkita sport shinavandasi suhbatlashmoqda:
— Mak Gregor Xabibni tepganini ko‘rdingmi?
— Ha. U Xabibni tepib, pastga tushirib yubormoqchi edi.
— Nega tushirib yuboradi? Axir jang tepada bo‘layotgan edi-ku!?
— Pastda Mak Gregorni muxlislari Xabibni kutib turishgan edi-da…
— Nega sizlar mashq qilmayapsizlar?
Bokschilarimiz javob berishibdi:
— Bizlar ringga chiqganda mashq qilamiz...
Oʻzbekiston - Suriya oʻyinidan soʻng championat.atsia saytidan eng qiziqarli izohlar toʻplami:

1. “Choʻpon” oʻzgardi! Lekin qoʻylar oʻsha-oʻsha!
2. Kuperni kimdir aldab, “Shu oʻyinchilar - eng zoʻrlari! deyishgan shekilli!?
3. Yangi avtobus, yangi forma, yangi murabbiy va eski oʻyin!
4. Kuper tarjimonidan “Eng tez qaysi transportda Oʻzbekistondan chiqib ketsam boʻladi?” deb soʻradi...
5. Argentinalik mutaxassis qoʻl ostida futbolchilarimiz oʻzgarib ketgan boʻlsa, tanimay qolsak-a, deb havotirlanayotgan edik. Yoʻq, hayriyat hammasi oʻsha-oʻsha, oʻzimiznikilar. Darrov tanidik!
6. Matbuot anjumani: Kuper tarjimonidan yana bir bor soʻradi “Kim menga tez borib, birinchi reysga chipta olib kelib bera olarkin?!”
7. Ey birodarlar, axir Kuper aytdi-ku, “Ertaga moʻjiza kutmanglar” deb! Futbolchilarimizga farqi yoʻq, ularga kim murabbiylik qilishini...
8. Futbolchilarimiz Kuperni koʻrishdi. “Bir kichkina, oqsoch boboycha ekan” deyishdi.
O‘zbekistonda juda-yam zo‘r futbol jamoasini tuzish uchun, o‘zimizning eng yaxshi uyinchilarimizdan 3 tasini olamiz. Uchchalasini ham zahiraga o‘tkazib qo‘yib, braziliyalik 11ta futbolchini sotib olib, yurtimiz nomidan maydonga tushiramiz.
Bir kuni Messi bilan Ronaldo gaplashib qolishibdi.
Messi:
— Meni bir nechta kuboklarim bor, - debdi.
Ronaldo esa:
— Menda esa, O‘zbekistondagi “Ummon” guruhini dastxati bor, - degan ekan.
2 ta futbol ishqibozi suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, meni kuchugim komandam yutqazib qo‘ysa, salto otadi.
— Yo‘g‘-ye?! Qaysi tomonga?
— Bu, qaysi oyoqda tepishimga bog‘liq...
Adasi o‘g‘liga debdi:
— Bo‘sh vaqtingni doim kompyuter oldida o‘tkazasan. Seni yoshingda men hovlida futbol o‘ynar edim.
— Dada, sizni hovlingiz mashinalar bilan band bo‘lmagan-da!
Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko‘p o‘tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko‘rsataman..., – dermish.
Ikkita futbol ishqibozlari suhbat qurmoqda:
— Bu o‘yinchi haqida fikringiz qanaqa?
— Bu o‘yinchi menga Alisher Uzoqovni eslatmoqda!
— Axir u futbolchi emas-ku?
— Shuning uchun ham uni eslatadi-da...
Futbol hakami kechasi xotinini erkalayotsa.
Xotini:
— Charchadim uxlayman, - desa
Hakam shartta sariq kartochka ko‘rsatibdi.
Xotini:
— Nimaga?
— Simulyatsiya uchun, - debdi.
Bir biriga teskari qarab yotishibdi. Oradan yarim soat o‘tgach, xotini eriga qizil kartochka ko‘rsatib turarmish.
Eri:
— Nimaga?
— Qo‘l bilan o‘ynaganiz uchun.