Uddaburonlar haqida latifalar

Maktab saytidagi e’lon:
"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"
Boshliqni yoniga kirgan kotiba debdi:
— Korxonamiz hisobidan menga isitgich olib berilsa, moliyaviy ahvolimiz yomonlashib qolmaydimi?
Boshliq:
— Yo‘q, albatta.
Kotiba:
— Unda menga mo‘ynali palto olib berishlarini buyursangiz...!
Bir kuni podshoh farmon chiqaribdi.
— Kimdan kim meni filimni qichqirtira olsa unga yarim molimni beraman, — debdi.
Odamlar kelib ketibdi, ammo hech kim qichqirtira olmadi. Kunlardan bir kun Afandi filni yoniga borib uni hamma yonini aylanib uyoq buyoqini qarab chiqibdi qarasa fil erkak ekan.
Afandi uni nozik yeridan qisgan ekan, fil darhol qichqirib yuboribdi va podshohning yarim molini olibdi.
Keyin podshoh g‘azablanib yana farmon beribdi:
— Kimdan-kim meni filimni so‘zga kirita olsa, unga qizimni beraman, - debdi.
Yana hechkim uddalay olmabdi. Yana Afandi qolibdi, keyin u filni oldiga borib uning qulog‘iga:
— Yana qisaymi? - debdi.
Fil darhol tilga kirib:
— Yo‘q-yo‘q, - debdi.
— Oyijon, avtobusda bir ayolga joy berayotgan edim, u menga konfet uzatdi.
— Sen-chi, nima qilding?
— Konfetni olib, yana o‘rnimga o‘tirib oldim.
— Nega?
— Boshqasidan ham konfet olishim kerak-ku!
Bir kuni Morgunov, Nikulin, Vitsin ov qilgani o‘rmonga borishibdi.
Morgunov sheriklariga har kuni bir odam qorin to‘yg‘azish uchun ov qilib, bitta hayvon tutib kelishni tayinlabdi va ovning birinchi kuni o‘zi bitta quyon ushlab kelibdi. Uni pishirib, yebdilar.
Ikkinchi kun Nikulin bitta kiyik ovlab kelibdi. Nihoyat navbat Vitsinga kelibdi.
Ov qilish u yoqda tursin, kulbadan chiqishga qo‘rqib o‘tirgan Vitsinni kulbadan zo‘rg‘a chiqarib yuborishibdi. U esa qo‘rqa-pisa o‘rmon ichkarisiga borayotgan ekan,oldidan katta sher chiqibdi. Vitsin oyog‘ini qo‘liga olib qochibdi. Sheriklari yoniga yugurib borib, kulbaga kirgan ekan, sher ham uning orqasidan ichkariga kirib olibdi. Vitsin:
— Sizlarga o‘xshab mayda-chuyda ovlab yurmayman. Mana sizlarga sher. Tushlikka ovlab keldim, - deb eshikning orqasidan berkitib qochib ketibdi.
Qizi maktabdan kelib dadasiga debdi:
— Biz bugun 2x2ni o‘rgandik.
Dadasi:
— Xo‘sh nechi bo‘lar ekan?
— To‘rt bo‘ladi.
Dadasi qiziga to‘rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda 20 derdim...
Ayol:
— Bosib ko‘rsam bu yerim og‘riyapti
Doktor:
— Bosmasangiz og‘rimayaptimi?
Ayol:
— Yo‘q
Doktor:
— Unda bosmang. Sizdan 30 ming so‘m
Yosh qiz otasiga:
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so‘zni unutdingmi qizim...? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo‘lib:
— Jamila? Bu nima deganing? - desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi... - debdi.
Otasi o‘zini yo‘qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g‘ilof ham kerakmi...? - dermish.
Boy odam bilan o‘g‘ri odam do‘st ekan. O‘g‘ri boydan so‘rabdi:
— Seni seyfingni kodi nechi?
Boy:
— Seyfimni kodini nima qilasan?
O‘g‘ri:
— Agar esingdan chiqib qolsa, senga aytaman.
Boy:
— Kodini bir daftarga yozib qo‘yganman.
O‘g‘ri:
— Daftaring qayerda?
Boy:
— Seyfimni ichida.
Ommaviy bepul Wi-Fi hududlarni tashkil eting va soliq imtiyozlariga ega bo‘ling! Tadbirkorlar o‘zi nima qilishini bilmay yurishgan edi. O‘zbekturizm juda yaxshi o‘ylab topibdi-da!