Uddaburonlar haqida latifalar

Sudda:
— Guvoh, agar siz noto‘g‘ri guvohlik bersangiz, sizni nima kutayotganini bilasizmi?
— Bilaman, menga ikki xonali uy va’da qilishgan.
Bir odam sehrli chiroq topib olibdi. Chiroqni ishqalasa, ichidan jin chiqib “3 ta tilak tila” debdi.
Haligi odam debdi:
— Menga 2 qavatli hovli bergin. Hovlini o‘rtasida Malibu mashinasi va mashina ichida yangi iPhone 11 Pro bo‘lsin. Bu birinchi tilagim!
— Hoy bolam, ko‘katlardan olib ketgin. Shu qoldi faqat. Menam sovuqda qolib ketdim...
— Ko‘katlaringiz qanchadan ekan?
— Bir bog‘i 2 mingdan, kelaqol...
— Ha, yo‘q xolajon...! Qalinroq kiyinib oling!
Eng yaxshi dam olish kunlari bu – dushanba kuni ishga bormaydigan kunlaringdir.
Bir odamga kasalxonada zudlik bilan qon quyish kerak ekan. Hamma qarindoshlari qonlarini tekshirtirib ko‘rishsa, birortasini qon guruhi to‘g‘ri kelmabdi. Shunda bemorni ukasi bir odamni topib kelibdi. Uni qoni to‘g‘ri kelibdi.
— Seni qoning to‘g‘ri keldi. Avval qon berib chiqasan. Keyin bemor o‘ziga kelsa, pulni olasan, - deyishsa, haligi odam:
— Yo‘q, avval pulni beringlar. Qon berishga va’da beraman, - debdi.
— Qon topshirib turavergin. Juda shoshilinch! – deyishibdi.
Haligi odam:
— Meni qonimni olgan odam va’dasida turmaydigan bo‘lib qoladi, - dermish.
Ob-havo ma’lumotlari:
“Tumanimiz hokimining xotiniga atab Dubayda tikilayotgan mo‘ynali shubani bitkazilishi kechiktirilayotgani sababli, tumanimizga qor fevral oyidan boshlab yog‘adi”.
Imtihon topshirayotgan boyvachcha talaba daftar orasiga 5000 so‘m qo‘yib: “Har bir ball uchun 1000 so‘mdan” deb yozib qo‘yibdi.
Imtihondan so‘ng daftarni ochib ko‘rgan talaba ichidan 3000 so‘m pul va “Qaytimingiz” dyegan yozuvni ko‘ribdi.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Adasi, basseyn qurish uchun hayriya so‘rashyapti. Nima beray?
— Bir chelak suv berib yubor!

To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

Bir odam o‘g‘liga:
— Bo‘ldi bas, men etgan qizga uylanasan.
— Axir dada, qanday qilib ko‘rmay, bilmay turib, uylanaman? Kim o‘zi u qiz?
— Hokimning qizi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Hokimni oldiga borib:
— Qizingizni so‘rab keldim, o‘g‘limga kelinlikka bersangiz.
— Iye, qiziq ekansiz-ku, tanimagan bilmagan odamga qizimni bervoraveramanmi, kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Ipoteka bankini boshqaruvchisi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Bank boshqaruvchisiga borib:
— O‘g‘limni Ipoteka bankiga boshqaruvchi qilib ishga olsangiz.
— Iye, qiziq odam ekansiz-ku, duch kelgan odamni bank boshqaruvchisi qilib ishga olaveramizmi? Kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Hokimning kuyovi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.