Yoshlar haqida latifalar
Hozirgi zamon yigitlarini ko‘zida ko‘zoynak, qizlarni qulog‘ida esa naushnik!
O‘rtada bechora sevgi sarson...
— Xoynaxoy, men kuchli gipnozchi bo‘lsam kerak.
— Voy, qariganda bu gapni qayerdan olding?
— Aytsam ishonmaysan. Avtobusdami, Marshrutkaga chiqib, o‘tirgan yosh yigitga bir marta qarasam, tamom, darrov uxlab qoladi...
— Ko‘risha olamizmi?
Qiz:
— Yo‘q! To‘ydan keyin...
Yigit:
— To‘ydan keyin ering ruxsat bermaydi-ku!
— Faraz qilaylik, siz avtobusda ketayapsiz. Kun rosa isib ketdi. Nima qilasiz?
— Men avtobus oynasini ochaman...
— Juda yaxshi. Oyna ochilishi natijasida avtobus aerodinamikasi qanchaga o‘zgarishini hisoblang.
Talaba javob bera olmabdi.
— Boring, "ikki"!
Huddi shu tahlit yana bir nechta talaba imtihondan "yiqilibdi". Navbat go‘zal talaba qizga kelibdi.
— Qizim, masalan, avtobusda ketayotganingizda havo isib ketsa nima qilasiz?
— Men-mi? Men... koftamni yechaman.
— Siz tushunmadingiz. Havo rosa kuydirayotgan bo‘lsa nima qilasiz, demokchiman.
— Undami? Bluzkamni ham yechaman.
— Jazirama rosa qovurayotgan bo‘lsa-chi?
— Yubkamni ham yechaman.
— Iye, qanakasiga?, - debdi lol qolgan professor.
— Shunakasiga! Butunlay yalang‘och qolsam ham, oynani ochmayman professor!
— Salom yaxshi qiz!
— Salom!
— Tanishsak bo‘ladimi? Ismingiz nima?
— Menikimi? Shohida.
— Meniki esa bargida.
— Yigirma yildan keyin sinfdoshlaringizni suratlariga qarab eslab yurasizlar.
O‘quvchilardan biri:
— Rahmatli ustozlarimizni ham eslab o‘tiramizmi?!
— Jonim, xohlaysanmi senga yoshligimda kesib tashlashgan joyni ko‘rsataman?
Qiz qizarib yerga qarab:
— Qo‘ying uyalaman, to‘ydan keyin ko‘rsatarsiz.
— Bunga to‘yni nima aloqasi bor, hozir ko‘raver. Ko‘ryapsanmi xo‘v, anavi daraxtlar orasida ko‘rinayotgan binoni, o‘sha bino klinika. Yoshligimda o‘sha joyda ko‘richagimni kesib tashlashgan...
25 yoshga kirgan qizlarga gap ochishsa, "Yaxshi yigitmi?" degan savolni berishadi.
30 yoshga chiqganlarida esa "Yigit" deyishsa, "Qani? Qayerda?" deyisharkan.
— Jinoyat kodeksini!