— Hamyoningni cho‘z! Pul kerakmi joningmi?
Afandi o‘ylanib turib:
— Hozir yonimda pul yo‘q edi. Sizlardan qarz bo‘lib qolarkanman-da, - dermish.
"Xotinimni kiyishga ko‘ylagi yo‘q, mani uxlab yotishimni qarang. Tezroq va ko‘proq pul topib, uni xursand qilishim kerak. Odamlar aytmasin xotini yana o‘sha avval kiygan ko‘ylagini kiyibdi deb. Sharmanda bo‘lamiz-a, sharmanda!"
— Siz qanday qilib birdaniga 6 ta odamni mashinangizda urib yubordingiz?
Haydovchi:
— Yo‘lda ketayotgan edim. Birdan tormoz ishlamay qoldi. Yo‘lning o‘ng tarafiga qarasam, 2 kishi, chap tarafida 4 kishi ketayotgan ekan. 4 kishidan ko‘ra, 2 kishini urib qo‘yaqolay, - deb, rulni o‘ng tarafga burdim. Birdan haligi 2 kishi chap tarafga qarab yugurib qolsa bo‘ladimi?! Ularni qulab, oxiri hammasini urib yubordim.
— Senga bir taklifim bor.
O‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketgan qiz shosha-pisha yigitga termulib:
— Ayting, ko‘p kuttirmang! - desa, yigit:
— Meni tinch qo‘ygin-a!!! - degan ekan.
— Voy oyi, siz ayolmisiz? - dermish.
O‘zbek yoqtirgan do‘ppisini, rus esa buvisi to‘qib bergan paypog‘ini ko‘tarib kelibdi. Qozoq esa kech qolayotgan ekan.
O‘zbek bilan rus kim nima olib kelsa ham, uni sovg‘a qilib yuborishga kelishib olishibdi. Shu payt rus kulayotgan ekan, o‘zbek:
— Ha, nima bo‘ldi? - desa,
— Qara, qozoq xotinini olib kelyapti, - dermish.
— Ota sho‘rvangizni go‘shtini menga bering, - desa,
ota o‘g‘liga qarab:
— O‘g‘lim shu go‘shtni yeyman deb bir kosa suv ichdim, - dermish.
— Dada menga pul bering!
— Pulni nima qilasan?
— Yangi oyi olaman.
— Oying bor-ku...?!
— O‘zimni oyim pul bermadilar. "Dadang uyga erta keladigan bo‘lib qoladi. Erta kelsa ikkinchi dadang ketishga ulgirmaydi" dedilar.
Shundan 10% bokschilar "foydali" deb javob qaytarishibdi. Qolganlari gapga tushunishmabdi.