— Sizlarni inoqligingizga havas qilaman. Turmush qurganingizga 20 yil bo‘ldi. Haligacha er-xotin sayrga chiqganda bir-biringizni qo‘lingizni ushlab yurasiz...
Er:
— Agar men xotinimni qo‘lini bir daqiqaga qo‘yib yuborsam, u albatta do‘konga kirib, o‘ziga birorta yangi kiyim sotib oladi!
— Yangi yil bayramida soat 12:00ga bong urayotsa, bir erkak niyat qilibdi:
"Shu yili sohibjamol, chiroyda tengsiz qizlar bilan tanishib olay...! "
— Xo‘sh, tanishibdimi chiroyli qizlar bilan?
— Ha, albatta! Xotini yana ikkita egizak qizaloqlarni tug‘ibdi...
Xotini yotoqxonaning pardalarini almashtirib, qo‘yganidan bexabar er yarim tunda mast holda kirib kelibdi-da, erta tongda o‘rnidan turib chiqib ketayotsa, xotini:
— Qayoqqa ketyapsiz? - deb so‘rabdi.
Shunda er:
— Uyga boraqolay, xotinim yo‘qligimni sezib qolmasin, - dermish.
Dugonalar suhbatlashmoqda:
— Bir yigit bilan tanishgan edi. U menga yoqmadi. Qanday qilib undan qutulsam ekan?
— Odatda bunday holatlarda men o‘sha yigitdan qarz so‘rab turaman. Qarabsan-ki, osongina qutulasan.
Ota o‘g‘liga debdi:
— Bor, anavi gadoyga non olib chiqib ber! yosh bolalarim bor deb so‘rayapti...
— Yo‘q ada, unga non bermaylik!
— Nega o‘g‘lim?
— Kechayam shu gadoy bolalarini o‘rtaga qo‘yib tilangan edi. Non olib chiqsam, bolalariga qoldirmay hammasini o‘zi yeb qo‘ydi.
Bir kishi jazmanini uyiga kelsa, u yerda xotini jazmani bilan choy ichib, gaplashib o‘tirganmish.
Shunda haligi kishi xotiniga qarab:
— O‘tirishingni qara! Men bo‘lsa ertalabdan beri seni qidiryapman! - debdi.
Bojxona nazoratchisi sayyohga debdi:
— Sumkangizni ichida nima bor?
Sayyoh:
— Kuchugim uchun yemish olganman.
— Ko‘rsam bo‘ladimi?!
Sayyohni sumkasi tamaki, spirtli ichimliklar bilan to‘la ekan.
Nazoratchi:
— Nima, kuchugingiz shularni yeydi deb o‘ylaysizmi? - desa, sayyoh:
— Yemasa o‘ziga qiyin! O‘zidan ko‘rsin... Och qoladi...
Ish vaqtida ijtimoiy saytlarda, telegramda o‘tirishning katta foydasi bor.
Yon tomondan ko‘rish, eshitish, reaksiya, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantiradi.
Xotin eriga debdi:
— Dadasi, polni tuzatib bering.
Eri:
— Men senga ustamidim?! - debdi.
Xotini yana:
— Tandirni suvab bering, - desa er:
— Men senga suvoqchimanmi?!
— Chiroqni tuzatib bering.
— Elektrikmanmi?! - deb ishga ketibdi er.
Kechqurun ishdan qaytsa, hamma ishlar qilingan.
— Kim suvadi? Kim chiroqlarni tuzatib qo‘ydi? - desa, xotini:
— Qo‘shnimiz Alijon aka, - debdi.
— Nechi pul oldi? - so‘rabdi eri.
Xotini:
— Pul olmadi. Xursand qilsangiz bo‘ldi dedi, - debdi.
Shunda eri:
— Qaysi ashulani aytib xursand qilding? - deb so‘rasa, xotini:
— Men sizga ashulachimidim?! - dermish.
Chumolilarni bir hafta kuzatdim. Na majlisga kirishadi, na hisobot topshirishadi.
Faqat ishlaganlari ishlagan!