Akula bilan itbaliq urisha boshlabdi.
Jahli chiqqan akula itbaliqqa "Itni bolasi" deb baqirayotganmish.
— Dugonajon, qanday qilib kechqurun soat 5.00 dan keyin ovqat yemaslikni o‘rgansam ekan?!
— Bilasanmi, senga bitta maslahat beraman...
— Maslahat berishni o‘zimam bilaman!
Bola adasiga:
— Siz uyda kimsiz?
Adasi:
— Men bu uyda direktorman.
Kunlarning birida bola adasiga:
— Ada, siz xizmat safariga ketganingizda uyimizga yangi direktor keldi...
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Yechining, tekshiramiz, - desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, - desa
Doktor:
— Qani opajon og‘zingizni ochib: "A-A-A" - dengchi dermish.
Buvisi nabirasi bilan ko‘chada ketayotsa, o‘qituvchisi kelayotganmish.
Buvisi:
— Berkin! O‘qituvching kelyapti! Bugun darsga bormading-ku! - desa, nabirasi:
— Siz berkining! Sizni o‘lib qoldilar deganman, - debdi.
Kunlarning birida yoshgina qiz dugonasiga hasratini aytib ketibdi:
— Meni yigitim 2 kun avval tashlab ketdi.
Dugonasi:
— Voy dugonajon, men bo‘lsa 2 kun avval bir yigit bilan tanishib qoldim.
Siz quyidagi 3 ta faktni bilasizmi?
1. Chap ko‘zingizni yumib, hech qanday yozuvni o‘qiy olmaysiz.
2. 1-faktni o‘qib, o‘zingizda tekshirib ko‘rasiz.
3. Aldanganingizni bilib kulasiz.
Qiz tashlab kelayotgan yigitini orqasidan baqirib:
"Meni hech qachon unuta olmaysan!" degan ekan.
O‘sha yigit hozir bu gapni kim aytganini eslay olmabdi hatto.
Bir yigit saharlab bozorga shoshilib tursa aksiga olib uch g‘ildirakli motosikli yurmay qolibdi.
Xotini ayvonda turib ustidan kulayotganmish:
“Yana bitta g‘ildiragi bo‘lganida mashina bo‘lib qolardi-a, adasi?!”
Agar er-xotin urushib qolsa, xotin "Onamnikiga ketaman" deydi.
Ichkuyov bo‘lsa, er nima derkin?!