— Do‘stim, nega ko‘rinmay ketding?
— Do‘kon ochgandim.
— Zo‘r-ku!
— Meni 2 yilga qamab qo‘yishdi.
— Nega? Do‘konni yomon yo‘l bilan ochdingmi?
— Yo‘q, lom bilan ochgandim.

— Uyda bir oshxo‘rlik qilmaymizmi?!
— Yo‘q, biz ozmoqchimiz-ku!
— Unda osh markaziga piyoda boraqolaylik...!
Bir ayol eriga:
—Adasi, kecha tushimga kiribsiz. Tushimda menga chiroyli ko‘ylaklar olib bergan emishsiz, - debdi.
Eri bo‘lsa kulib:
— Yaxshi bo‘lsang, bugun tushingda taqinchoqlar olib beraman, - dermish.
Bir dasturxon atrofida oila a’zolari ovqatlab o‘tirishgan ekan
— Bobo, turup yeysizmi? - debdi nabira.
Bobosi:
— Iye, nega endi hamma o‘tirib yeganda, men turib yeyishim kerek ekan?! - dermish.

— Azizim, to‘ygacha meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz?!
— Sendek go‘zal xotinim borligini hamma bilib qo‘ysin deyapman!

Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda.
Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Bir bemor palatada yotsa, eshik taqillabdi.
— Kiravering! - debdi bemor.
Chiroyli bir hamshira qiz qo‘lida ukol bilan kirib kelibdi-da, qo‘lidagi ukolni bemorni yonboshiga qilib tursa, bemor:
— Singlim, baribir yonboshimga ukol qilar ekansiz, nega eshikni taqillatdingiz, - dermish.
Telefon bilan yuradi. Telefon bilan uxlaydi. Hamma joyga telefon bilan kiradi. Yana qo‘ng‘iroq qilishsa, “Eshitmay qolibman” deyishadi.
Gadoy birovni eshigini taqillatsa, uy egasi chiqib:
— Biroz yirtiq kiyimlarim bor, shuni senga beraman, - debdi.
Gadoy bo‘lsa:
— Men sal turib kelaman, yirtiq joylarini tikib qo‘ysangiz...! - dermish.
Raqqosaga "qistirish" uchun puli bo‘lmagan odam "Rahmat" deb tursa ham bo‘ladimi?